16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 20:12
Jamiyat 👁 2,311

Saodatli hayot yoʻli

Saodatli  hayot yoʻli

Siz koʻrib turgan ushbu fotosurat bundan roppa-rosa yarim asr oldin olingan boʻlib, unda Ikkinchi jahon urushidan keyin el sogʻligʻi yoʻlida qirq yildan ortiq fidoyi mehnat qilgan, butun kuch-gʻayratlari, bilimi va boy tajribalarini xalqimiz sihat-salomatligi yoʻlida sarflagan fidoyi insonlar aks etgan.

Suratda tasvirlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironi marhum Soatboy ota Xudoyberganov 1942-yil yozda hozirgi "Toʻlqin” ovuli hududidagi "Tama” ovulidan oʻz tengqurlari qatorida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi jangga otlandi.

Soatboy ota Xudoyberganov 2-Belorus frontining oʻqchilar polkida aloqachi boʻlib jangga kirdi. U oʻz zimmasidagi masʼuliyatli jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli uddalab, qoʻmondonlikning qator tashakkurnomalari va davlat mukofotlariga sazavor boʻldi, Belorussiyaning koʻpgina shaharlari va qishloqlarini nemis-fashist bosqinchilaridan ozod qilishda qahramonlik namunalarini koʻrsatdi. Jangchilar Polsha yerlariga qadam qoʻydilar.

Shiddatli beayov janglar toʻxtovsiz davom etardi. Bir kuni Polshaning quyuq oʻrmoni ichidan oʻtishga toʻgʻri keladi. Shosha-pisha chekinayotgan dushman oʻrmon ichkarisini minalashtirishni eslaridan chiqarmagan edi. Soatboy ota Xudoyberganov yugurib borayotgan qadamlari tagidagi shox-shabbalar ostida mina yashirilgan ekanmi, shox-shabbani turtib yuborishi natijasida kutilmaganda mina portlaydi va qahramonimiz mina zarbidan bir necha qadam nariga uchib tushadi. Oradan qancha vaqt oʻtganini bilmaydi, hushiga kelib koʻzini ochib qarasa dala gospitalida yotganini va oʻng oyogʻidan butkul ayrilganini koʻradi...

1945-yil yozida Soatboy ota Xudoyberganov qoʻltiq tayoqda oʻzining tugʻilib oʻsgan "Toʻlqin” ovuliga omon-eson yetib keladi va sobiq Qipchoq rayon harbiy komissariati yoʻllanmasi bilan Toʻrtkoʻldagi tibbiyot bilim yurtiga oʻqishga joʻnaydi. Bu yerda u mazkur bilim yurtida tahsil olayotgan Orlova Anna Nikitichna bilan tanishib qoladi. Koʻp oʻtmay ular orasida muhabbat rishtalari bir umrga bogʻlanib, 1948-yil boshida odmigina nikoh toʻylari boʻlib oʻtadi. Har ikkalasining ham kasbi bir, yaʼni oʻrta tibbiyot xodimlari sifatida hozirgi "Toʻlqin” ovuli hududlarida istiqomat qilayotgan aholiga va "Choykoʻl” ovuli hududlarining bir qismidagi aholiga yuqorida aytilganidek ular qirq yildan ortiq yelkama-yelka turib tibbiy xizmat koʻrsatishdi. Taqdir ularni bu jihatdan ham siylagan edi.

Ikkinchi jahon urishi boshlanishi bilan tinch aholi mamlakat ichkarisiga evakuatsiya qilindi. Rus millatiga mansub Anna Orlova ham oilasi bilan Xorazm viloyati tumanlariga keltirib joylashtirildi. Bu paytda Anna oʻn yetti yoshni toʻldirib oʻn sakkiz yoshga qadam qoʻyayotgan oʻrta taʼlim maktabini bitirgan durkun qiz edi. U qulay shart sharoit va qulay fursat kelishi bilan ota-onasi va aka-ukalari, opa-singillari maʼqullagach Toʻrtkoʻldagi tibbiyot bilim yurtiga oʻqishga kiradi va uni 1946-yil yozida muvaffaqiyatli bitkazib chiqadi hamda sobiq Qipchoq rayoni hududi-dagi hozirgi "Toʻlqin” ovuliga oʻrta tibbiyot xodimi sifatida mehnat faoliyatini boshlaydi. U paytlarda oʻpka-nafas yoʻllari shamollash kasalliklari, yuqumli oshqozon ichak kasalliklari, sil kasalliklari, koʻz kasalliklaridan traxoma, teri kasalliklaridan turli yarachaqalar, kal va terlatma kasalliklari aholi orasida koʻp uchrardi. Koʻpincha bemorlar uylarida davolanardilar. Shuningdek, baʼzi yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash ishlari ham olib borilardi. Xullas, shifokorlar qiladigan ishlar yetarli edi. Zerikish uchun esa fursat yetishmasdi.

Biz hikoya qilayotgan marhum Soatboy ota Xudoyberganov va marhuma Orlova Anna Nikitichnalar mehnatda fidoyi boʻlishlari bilan birga oilaparvar insonlar ham edi. Ularning yaxshi niyat bilan qurgan chiroyli oilalarini yetti nafar solih farzandlar yanada gulgun, yanada serfayz qildi. Farzandlarning koʻpchiligi oʻzlari tanlagan mutaxassisliklar boʻyicha oliy oʻquv yurtlarida oʻqib, hayot yoʻllarini nurafshon etdilar. Shu jumladan, toʻngʻich oʻgʻil Anatoliy Xudoyberganov tibbiyot fanlari doktori, professor, diyetologiya fani boʻyicha taniqli olim boʻlib jahon sogʻlikni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakili sifatida oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi boʻyicha koʻlamdor ishlarni amalga oshirmoqda.

Qobul ShOMURODOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026