Tuman hokimi yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi
Amudaryo tumanida yoşlar bilan işlaş, ularning muammo va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş maqsadida navbatdagi oçiq muloqot taşkil etildi. Tuman hokimi Sobir Xöjametov boşçiligida ötkazilgan mazkur uçraşuv samimiy ruhda, oçiq va samimiy muloqot maydoniga aylandi.
Uçraşuvda Davlat xavfsizlik xizmati tuman bölimi boşliği, tuman prokurori Bahram Maşaripov, tuman Içki işlar bölimi boşliği Timur Doşumboayev, tuman hokimi örinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Yoşlar işlari bölimi masʼullari, mahallalardagi yoşlar yetakçilari hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ilğor va taşabbuskor yoşlar iştirok etdi.
Oçiq muloqot davomida tumanimizda yoşlar siyosati doirasida yil mobaynida amalga oşirilgan işlar atrofliça tahlil qilindi. Sözga çiqqan rahbarlar sönggi yillarda mamlakatimizda yoşlar masalasiga davlat siyosati darajasida yondaşilayotgani, bu borada mislsiz islohotlar amalga oşirilayotgani, ayniqsa, Amudaryo tumanida uşbu islohotlarning hayotga tatbiq etilişiga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab ötdilar. Yoşlarning taʼlim olişi, kasb-hunar egallaşi, tadbirkorlik bilan şuğullanişi, bandligini taʼminlaş hamda ijtimoiy faolligini oşiriş borasida izçil işlar olib borilayotgani qayd etildi.
Tadbir davomida sohada samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh yoşlar yetakçilari tuman hokimligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati tuman bölimi tomonidan taşakkurnomalar va qimmatbaho esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Bu eʼtirof yoşlar uçun yanada katta rağbat va masʼuliyat ekanligi taʼkidlandi.
Oçiq muloqotning eng muhim jihatlaridan biri — yoşlarning öz taklif va taşabbuslari, fikr-mulohazalarini bevosita rahbarlarga yetkaziş imkoniyatiga ega bölganidir. Yaratilayotgan şart-şaroitlardan samarali foydalanib kelayotgan yoş tadbirkorlar, yoş fermerlar, yoş ijodkorlar sözga çiqib, davlat tomonidan körsatilayotgan eʼtibor va qöllab-quvvatlaşlar uçun minnatdorçilik bildirdilar hamda kelgusidagi rejalarini örtoqlaşdilar.
Uçraşuv doirasida tuman Madaniyat bölimi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar tadbirga yanada kötarinki, bayramona ruh bağişladi.
Tadbir yakunida rahbarlar tomonidan Amudaryo yoşlarining kuç-ğayrati, taşabbuskorligi va intilişlari kelgusida yana köplab yutuqlarga zamin yaratişiga işonç bildirildi. Mazkur oçiq muloqot yoşlar va rahbarlar örtasidagi özaro işonçni mustahkamlaş, yoşlarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oşiriş, ularni yurt taraqqiyotiga daxldorlik ruhida tarbiyalaş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶