QORAQALPOĞISTONDA OQOVA SUV TIZIMI TUBDAN MODERNIZATsIYa QILINMOQDA
Inson salomatligi va atrof-muhit musaffoligini taʼminlaşda zamonaviy kommunal infratuzilma, xususan, oqova suv tizimlarining örni beqiyosdir. Sönggi yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasida içimlik suvi taʼminotini yaxşilaş barobarida, kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bugungi kundagi real holatga nazar taşlaydigan bölsak, Qoraqalpoğiston Respublikasida aholini markazlaşgan oqova suv xizmati bilan qamrab oliş darajasi 5,4 foizni taşkil etadi. Respublika miqyosida jami 223,2 kilometr oqova suv tarmoqlari va 80 ta nasos stantsiyalari faoliyat yuritmoqda. Şundan salmoqli qismi, yaʼni 162,6 kilometr tarmoq, 49 ta nasos stantsiyasi va 1 ta oqova suv tozalaş inşooti Nukus şahri hissasiga töğri keladi.
Yaqinda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasining hududiy boşqarmasi xodimlari Nukus şahridagi oqova suv inşootlarida bölib, tizimning bugungi holati va modernizatsiya jarayonlari bilan yaqindan tanişdilar.
Köpçilik oqova suv inşooti deganda faqat quvurlarni tuşunadi. Aslida esa bu murakkab texnologik jarayondir. Oqova suv tozalaş inşootlarining asosiy maqsadi — aholi yaşaş punktlari va sanoat korxonalaridan çiqayotgan ifloslangan suvlarni qabul qilib, ularni zararsizlantiriş va tabiatga qaytarişdan iborat.
Bu jarayon bir neça bosqiçni öz içiga oladi. Birinçi bosqiçda suv mexanik usulda yirik çiqindilar, qum va boşqa qattiq jismlardan tozalanadi. Ikkinçi — biologik tozalaş bosqiçida esa maxsus mikroorganizmlar yordamida suv tarkibidagi organik ifloslantiruvçi moddalar parçalanadi. Sönggi bosqiçda suv xlorlaş yoki ultrabinafşa nurlari yordamida zararsizlantirilib, ekologik talablarga javob beradigan holatda suv havzalariga oqiziladi.
Har bir tozalaş inşootida faoliyat yuritadigan maxsus laboratoriyalar tizimning "yuragi" hisoblanadi. Nukus şahridagi oqova suv tozalaş inşooti laboratoriyasida mutaxassislar tomonidan suvning tarkibi doimiy nazorat qilib boriladi. Laboratoriya xodimlari suvning tiniqligi, kimyoviy kislorod isteʼmoli, azot va fosfor miqdori, şuningdek, patogen bakteriyalar mavjudligini tahlil qiladilar. Bu tahlillar tozalangan suvning daryo va kanallarga oqizilganda ösimlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazmasligini kafolatlaydi.
Hududdagi sanitariya-epidemiologik vaziyatni tubdan yaxşilaş maqsadida Jahon banki iştirokida yirik investitsion loyihalar boşlangan. Xususan, 2024–2027-yillarga möljallangan, umumiy qiymati 78 million AQŞ dollariga teng bölgan loyiha doirasida Nukus şahri, Taxiatoş va Xöjayli tumanlarida keng kölamli quriliş-rekonstruktsiya işlari amalga oşiriladi.
Loyiha doirasida sutkasiga 45,2 ming kub metr oqova suvni tozalaş quvvatiga ega bölgan 3 ta yangi inşoot qurilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, 142,3 kilometr uzunlikdagi yangi oqova suv tarmoqlari tortiladi va mavjud nasos stantsiyalari modernizatsiya qilinadi.
Ayniqsa, Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga asosan Nukus şahrining özida 192,5 kilometr tarmoqni yangilaş va 17 ta nasos stantsiyasini taʼmirlaş közda tutilgan.
Uşbu saʼy-harakatlar natijasida nafaqat ekologik barqarorlik taʼminlanadi, balki aholi turmuş sifati sezilarli darajada oşadi. Loyihalar yakuniga yetgaç, qöşimça 89,6 ming nafar aholi markazlaşgan kanalizatsiya tizimiga ulanadi. Natijada hududda jami 98,8 ming nafar aholi zamonaviy oqova suv xizmatidan foydalaniş imkoniyatiga ega böladi.
Bu özgarişlar Orolböyi mintaqasida yaşovçi aholi salomatligini muhofaza qiliş, yuqumli kasalliklarning oldini oliş va şahar infratuzilmasini yangi bosqiçga olib çiqişda muhim omil bölib xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶