Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi masʼullari Amudaryoda xotin-qizlar muammolarini örgandi
Sönggi yillarda Özbekistonda "Inson qadri uçun" tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlarning markazida xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini taʼminlaş, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oşiriş hamda salomatligini mustahkamlaşdek dolzarb masala turibdi. Davlat siyosati darajasiga kötarilgan uşbu yönalişdagi işlarning hududlardagi ijrosini nazorat qiliş va mavjud muammolarga joyida yeçim topiş maqsadida, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasining masʼul xodimlaridan iborat işçi guruh Amudaryo tumaniga taşrif buyurdi.
Işçi guruh öz faoliyatini xotin-qizlar salomatligini asraş borasidagi işlar tahlilidan boşladi. Dastlabki manzil tumandagi Köp tarmoqli markaziy poliklinika böldi. Bu yerda taşkil etilgan çuqurlaştirilgan tibbiy körik jarayonlari şunçaki hisobot uçun emas, balki ayollar örtasida uçraydigan turli kasalliklarni erta aniqlaş va oldini olişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Prokuratura vakillari şifokorlar va tibbiy körikka kelgan ayollar bilan yuzma-yuz muloqot qildilar. Xususan, onkologik va endokrin kasalliklar skriningining qamrovi, laboratoriya tahlillarining aniqligi va bepul dori-darmonlar bilan taʼminlaniş holati tanqidiy-tahliliy örganildi.
Şuningdek, tuman tuğruqxona majmuasidagi şaroitlar ham eʼtibordan çetda qolmadi. Onalar va çaqaloqlar uçun yaratilgan sanitariya-gigiyena şaroitlari, şoşilinç tibbiy yordam körsatiş uçun zarur uskunalarning sozligi hamda dori vositalari zaxirasi közdan keçirildi. Masʼullar tibbiyot xodimlariga onalar ölimining oldini oliş va reproduktiv salomatlikni mustahkamlaş böyiça öz tavsiyalarini berdilar.
Taşrifning eng muhim qismlaridan biri — bu bevosita mahallalarga kirib haqiqiy holatni közdan keçiriş işlari böldi. Masʼullar tumanning Böston va Oybek mahallalarida yaşovçi, "Ayollar daftari"ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda oilaviy nizolar tufayli tazyiq va zöravonlikka uçragan xotin-qizlar holidan xabar oldilar.
Örganişlar şuni körsatdiki, prokuratura organlari va içki işlar bölimlari tomonidan qöllanilayotgan "Himoya orderi" instituti amalda öz samarasini bermoqda. Avvallari oilaviy kelişmovçiliklar qurboni bölgan ayollar bugungi kunda davlatning huquqiy va maʼnaviy kömagini his qilmoqdalar. Xususan, örganilgan xonadonlardagi ayollarning ruhiy holati barqarorlaşgani, ularga subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratilişi natijasida tikuvçilik faoliyatini yölga qöyganliklari alohida eʼtirof etildi. Bu esa ayollarning nafaqat moddiy daromad topişiga, balki jamiyatda öz örnini topişiga xizmat qilmoqda.
Xotin-qizlar muammolarini hal etişning eng samarali yöli — ularni iş bilan taʼminlaşdir. Şu maqsadda, kunning ikkinçi yarmida tuman hokimligida taşkil etilgan "Böş iş örinlari yarmarkasi" köplab işsiz ayollar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçdi. Yarmarkada tumandagi işlab çiqariş korxonalari, xizmat körsatiş şoxobçalari va byudjet taşkilotlari özlaridagi mavjud vakant örinlar bilan qatnaşdilar.
Tuman hokimligining majlislar zalida ötkazilgan oçiq muloqot va maxsus psixologik trening esa hayotda qoqilgan, tuşkunlikka tuşgan ayollar uçun haqiqiy motivatsiya maydoniga aylandi. Mutaxassislar tomonidan ötkazilgan samimiy suhbatlar iştirokçilarga özlariga bölgan işonçni qaytariş, oiladagi muhitni soğlomlaştiriş va kelajakka umid bilan qaraş könikmalarini şakllantirişda yordam berdi.
Respublika prokuraturasi masʼullarining Amudaryo tumaniga taşrifi şunçaki nazorat tadbiri emas, balki ayollar dardini tinglaş va ularga amaliy yordam körsatişga qaratilgan manzilli çora-tadbirlar majmuasi böldi. Bu kabi örganişlar xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş tizimining pastki böğinda qanday işlayotganini körsatib, kelgusidagi vazifalarni belgilab olişda muhim ahamiyat kasb etadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶