AMUDARYo TUMANI FERMERLARI KENGAŞI RAYoSATI AʼZOLARINING FERMERLARGA MUROJAATI
QIŞ MAVSUMIDA ĞALLA MAYDONLARIMIZGA ENG DOLZARB AGROTEXNIK TADBIRLARNI ÖZ VAQTIDA QÖLLAB, 2026-YILDA ĞALLADAN YaNADA MÖL HOSIL OLAYLIK!
Qadrli yurtdoşlar! Hurmatli dehqon va fermerlar!
Keyingi yillarda yer yuzida röy berayotgan iqlim özgarişlari, tabiiy ofatlar va qurğoqçilik kabi holatlar oziq-ovqat mahsulotlari yetiştirişni qiyinlaştirayapti.
Mamlakatimizda bu yil kuz fasli hamda dekabr oyining birinçi ön kunligi quruq va iliq kelmoqda. Albatta, bu holat fermerlarga özining salbiy taʼsirini körsatmoqda.
Ana şunday holatlarning oldini oliş maqsadida mamlakatimizda sönggi yillarda Siz, dehqon fermerlarga davlatimiz rahbari tomonidan köplab Farmon va qarorlar qabul qilinib, buning natijasida joylarda ulkan yutuqlarga erişildi.
Jumladan, agrar tarmoqda işlab çiqariş hajmi sezilarli darajadi oşdi. Şuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantiriş, fuqarolarning soğligi va hayotini yaxşilaşning asosiy yönalişlaridan biriga aylandi.
Azaldan xalqimiz nonni eng uluğ neʼmat bilib qadrlaydi. Yangi Özbekistonimizning bu yilgi ulkan ğalla xirmoni omilkor dehqon va fermerlar, suvçilar, agronom va mexanizatorlar, ğallaçilik klasterlari rahbarlari, sohaning fidoiy olimlari tajribali mutaxassislarining zahmatli mehnatlari evaziga yaratildi.
Bu esa mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli yangilanişlar, ğallaçilikni rivojlantiriş borasidagi iqtisodiy tub islohotlarning amaliy natijasidir.
Boşoqli don yetiştiriş sohasida bozor tamoyillari joriy etildi.
Fermer xöjaliklariga ğalla yetiştiriş uçun ajratilgan imtiyozli kredit mablağlaridan erkin foydalaniş hamda xizmat körsatuvçi va resurs yetkazib beruvçilarni ixtiyoriy tanlaş huquqining berilişi, şuningdek, donni xarid qiliş hamda sotişda birja mexanizmining joriy etilişi yuqori manfaatdorlikni taʼminlamoqda.
Davlat resursi va birja savdolarida sotiş uçun ğalla topşiriş manfaat keltirayotganini siz fermerlar his etmoqdamiz.
Şuningdek, suv tejovçi texnologiyalar joriy qiliş uçun subsidiya ajratilişi natijasida yomğirlatib suğoriş tizimlari örnatilgan ğalla maydonlari yildan-yilga kengayib bormoqda.
Bugungi kunda, hududlarda ekilgan ğalla maydonlarida tuplagan, 3-4 barg, 1-2 barg fazasida rivojlanayotgan, hatto unib çiqmagan maydonlarni ham uçratiş mumkin.
Dehqonlar taʼbiri bilan aytganda, “Yil yilga uxşamaydi”, bugungi kunda ğalla maydonlarini parvarişlaşda özgaça agrotexnik tadbirlarni amalga oşirişni taqoza etmoqda.
Tegişli soha olim va mutaxassislari tomonidan Xitoy, Turkiya, Pokiston, Nepal va Hindiston davlatlarining suv tanqis, (kamyomğir bölganda) havo harorati iliq keladigan hududlarida ğalla yetiştirişda qöllaniladigan tajribalari örganib çiqildi.
Misol uçun, Xitoyda ğalla ekilgan maydonlarning yuza qismini çirigan gung bilan yopib çiqiş (mulçalaş) namni uzok saqlaydi va haroratning keskin uzgarişini kamaytiradi.
Ğalla yetiştirişda mavsum boşida qurğoqçilik kuzatilsa, kam miqdordagi 40-50 mm suv bilan suğoriş ötkaziladi.
Ekin maydonini oziqlantirişda azotli öğitlar miqdorini kamaytirib, fosforli va kaliyli öğitlar meʼyorlarini oşiradi.
Turkiya davlatining Konya, Şonliurfa, Harran vodiylarida ğalla yetiştirişda mavsum boşida qurğoqçilik kuzatilsa kam miqdordagi 40-60 mm suv bilan suğoriş ötkaziladi. Bunda, tuproqdagi namlik 40-50 foizga tuşganda suğoriş işlarini ötkazişadi (yaxşi samara bergan).
Tarkibida aminokislotalar, gumin kislotalari, rux, magniy, kremniy kabi mikroelementlar mavjud biostimulyatorlarni qöllaş ğalla nihollarida qurğoqçilikka çidamlilikni oşiradi.
Pokiston davlatida esa, suv resurslari kam bölganda gektariga 200-300 m3 miqdorda suv bilan tez suğoriş usulidan foydalaniladi.
Begona ötlarga qarşi kuraş olib boradi, çunki begona ötlar çeklangan suv resursini yaxşi özlaştiradi.
Aziz mirişkor dehqon va fermerlar!
Qişloq xöjaligi vazirligi, Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan kuz oylari quruq va iliq kelganda boşoqli don ekinlarini parvarişlaş böyiça işlab çiqilgan ilmiy tavsiyanomaga asosan ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklariga va klasterlarga 2026-yilda har bir gektar ğalladan 80-100 tsentnerdan hosil oliş uçun kuyidagilarni amalga oşirişni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:
birinçidan, ekilgan ğalla maydonlarini undirib oliş uçun suvçilarni köpaytirgan holda, öqariqlar orasini 60-70 metrdan olib, töliq suğorişni taşkil eting;
ikkinçidan, suv tanqisligi va yoğingarçilikning kam bölişini inobatga olgan holda, tuplagan va 3-4 bargli ğalla maydonlariga 150 kgdan, 1-2 barg va unib çiqmagan maydonlarga 100-120 kgdan sulfat ammoniy öğitini dala şaroitidan kelib çiqib, 3-dekabrdan 10-dekabrga qadar oziqlantirişni yakunlang;
uçinçidan, keçki va qoloq ğalla maydonlarni yaxşilaş maqsadida qöşimça gektariga 100-150 kg azotli öğitlar bilan oziqlantirib, ğalladan barakali hosil olişga erişing;
törtinçidan, dekabr oyida ob-havoning quruq va iliq kelişini inobatga olib, suspenziya sepiş yaxşi natija berişi tajribasidan kelib çiqib, suyuk fosforga ega bölgan IFO-PZN, NPK, FLOWER kabi biostimulyatorlardan foydalaning;
beşinçidan, ğalla maydonida yomğirlatib suğorişni yölga qöyib, davlat tomonidan beriladigan subsidiya mablağini oling hamda hosildorlikni 10-12 ts/ga oşiring va suvni 35-45 foizga tejang;
oltinçidan, dalangizning suv kiriş quloğiga 1 tadan handak öra qazib, gektariga 3 tonnadan mahalliy öğit jamğarişni unutmang hamda içki ariqlarni betonlaştirib, suv sarfini kamaytirişga erişing;
yettinçidan, keçki va unib çikmagan ğalla maydonlariga quruq, çirigan mahalliy göng sepişni taşkil eting. Bunda, gektariga 20 tonnadan göng qöllanilganda kuzgi buğdoy don hosildorligi 6-12 ts/ga oşişi va göng mineral öğitlar bilan birga qöllanilganda samaradorlik yanada yuqori bölişini aslo unutmang;
sakkizinçidan, ğöza qator orasiga ekilgan maydonlarni ğözapoyadan kesiş agregatlari yordamida tozalang, bunda ğözapoyani qölda suğurib olişga yöl qöymang;
töqqizinçidan, ğalla maydonlarini çorva mollari tomonidan payhon qilinişidan himoyalang;
öninçidan, aholi xonadonlari va çorva komplekslaridagi mahalliy öğitlarni jamğarib, dalalarga çiqariş, handak öralar qaziş işlarini taşkil eting;
ön birinçidan, ob-havoning qulay kunlaridan foydalanib, dala atroflarini, içki va xöjalik ariqlarini tozalaşni yakunlang;
ön ikkinçidan, har bir fermer xöjaligi rahbari ğallaçilik klaster korxonalari bilan hamkorlikda işlarni yanada jadallaştirib, ğallaga qöşimça ozuqa berib, yuqoridagi tadbirlarni oğişmay amalga oşirib 2026-yil ğalla hosilini 80-100 tsentnerga yetkazib, yuqori daromad olişga erişing;
Aziz fermer va dehqonlar!
Xalqimiz bugun biz dehqon va fermerlarning şijoatimiz, ğayrat va matonatimizga köz tikib turibdi. Buni bir zum bölsa-da, yoddan kötarmaylik. Dasturxonimiz tökin-soçin, bozorlarimiz noz-neʼmatlarga töla va arzon, turmuşimiz yanada farovon bölişi ayni paytdagi maşaqqatli mehnatimizga boğliq.
Öz daromadingizni oşirişga hamda mamlakatimiz farovonligiga munosib hissa qöşiş uçun barçangizni sidqidildan işlaşga, fidoyilik namunasini körsatişga çaqiramiz!
Amudaryo tumani fermerlari kengaşi Rayosat aʼzolari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶