16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:51
Qishloq xoʻjaligi 👁 363

Amudaryo tumani fermerlari kengashi Rayosati aʼzolarining fermerlarga MUROJAATI

Amudaryo tumani fermerlari kengashi Rayosati aʼzolarining fermerlarga MUROJAATI

DALA ChETLARI, BOGʻ-TOK ORALARIGA DARAXTLAR EKING HAMDA TUTZORLAR BARPO ETIB YaNGI OʻZBEKISTONIMIZNING YaShILLIGIGA OʻZ HISSANGIZNI QOʻShING

Qadrli yurtdoshlar!

Hurmatli dehqon va fermerlar!

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda koʻkalamzorlashtirish, oʻsimliklarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Koʻchat ekib, bogʻ yaratish - xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, oʻzimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tufayli koʻnglimiz shodlikka toʻladi, turmushimiz fayzli va farovon boʻladi.

Ayni chogʻda bogʻlar, koʻchalar hamda yoʻl chetlarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga koʻrk ulashishi barobarida havo musaffoligini taʼminlab, dasturxonimizni mevalar bilan toʻldiradi.

Daraxtlarga mehr berish, ularni parvarishlash eng ezgu va xayrli amal sanaladi. Koʻchat ekib, bogʻ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan oʻtgan milliy qadriyatidir. Zero, ajdodlarimiz oilada yangi tugʻilgan farzandga atab yerga nihol qadagan. Oʻsha daraxt bilan birga farzand ham ulgʻaygan.

Demak, xalqimizning  ibratli oʻtmishi oʻzimiz yashayotgan muhitda tabiatga oqilona munosabatda boʻlib, uni asrab avaylash, kelgusi avlodlar ham yashashi uchun qulay makon barpo etishga undaydi.  

Muhtaram Prezidentimizning 2022-yilning oktyabr oyida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasida bergan koʻrsatmalari asosan har yili “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuz va bahor oylarida daraxt ekish anʼanaga aylandi. Bu yil kuz oyida ham yurtimizda barcha sohalarda, shu jumladan Siz fermerlar hamda boshqa qishloq xoʻjaligi soha vakillari tomonidan dala chetlari, bogʻ tok oralari hamda yangi tutzorlar barpo etiladi.

«Yashil makon» umummilliy loyiha amalga oshirilishi har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan koʻchatlarni tanlab ularni yetishtirish uchun koʻchatxonalar koʻpaytirilishi ayni muddaodir.

Oʻtgan yillar tajribasidan kelib chiqib, yurtimizda 8-noyabrdan 18-dekabrgacha koʻchat ekish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilindi.

 Qayd etish kerakki, oʻtgan yili kuz va joriy yilning bahor oylarida mahallalarda, fermer va dehqonlarimiz dalalari chetlariga va aholi tomorqalarida mevali va manzarali koʻchatlar ekildi. Albatta, bu savobli ishlarda koʻplab tashkilotlar, mahallalar, umuman, keng jamoatchilik qatori Siz mehnatkash dehqon va fermerlarimizning ham munosib ulushi bor.

Hurmatli fermerlar!

“Dolzarb 40 kunlik”da Siz ham dalangiz chetidagi boʻsh yerlarga tut, tok va boshqa daraxt koʻchatlari ekib “Yashil makon” umummilliy loyihasiga oʻz hissangizni qoʻshing.

Buning uchun  mamlakatimizdagi koʻchat yetishtiruvchi fermer dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalarida tut, tok, tol, yongʻoq va boshqa daraxt nihollari mavjud.

Siz ular bilan hamkorlik qilsangiz, yurtimiz yashillik olamiga oʻzingizning munosib hissangizni qoʻshgan boʻlasiz.

Mehnatkash dehqonlar!

Muhtaram Prezidentimizning alohida qarorlari bilan joriy yildan boshlab paxta-gʻalladan boʻshagan maydonlardan  dehqon xoʻjaliklari uchun yer ajratilib, Sizlar shu yildan boshlab bu yerlardan daromad olishni boshladingiz.

 Sizlar har bir qarich yerdan unumli foydalangan holda “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyilini amalga oshirish doirasida dala chetiga va koʻcha boshiga  tut, tok va boshqa koʻchatlarini ekishni tashkil etishga chaqiramiz.

Hurmatli hududiy kengash raislari!

Fermer xoʻjaligi va bobodehqonlarga sifatli kafolatlangan tut, tok va boshqa koʻchatlar bilan taʼminlash yuzasidan maʼlumotlar berib boring.

Fermer va dehqonlarga koʻchatlar xarid qilish boʻyicha Kengash huzuridagi Jamgʻarma mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar berish boʻyicha tushuntirish ishlarini tashkil qilingizlar!

Mahalliy hokimliklar bilan birgalikda daraxtlarni parvarishlash, sugʻorish, zararkunandalardan himoya qilish borasida tizim yaratish boʻyicha ishlarni tashkil etishda faol ishtirok eting;

Koʻchatlarni yetkazib berish va narx-navoning barqarorligini taʼminlash maqsadida Kengash huzuridagi “Quva tomorqa yer uchatkalarini rivojlantirish ilmiy amaliy markazi”da hamda “Yangiyoʻl markazlari”da yetishtirilgan tok, tut va boshqa mevali daraxt koʻchatlarini fermer, dehqonlarga tizimli yetkazib berish boʻyicha har bir tuman markazlarida koʻchat sotish yarmarkalari va savdo rastalarini tashkil etida faol ishtirok etishga chaqiramiz.

Hurmatli va aziz fermerlar hamda dehqonlar!

Sizlarni hurmatli Yurtboshimizning yuksak ishonchini oqlab, mamlakatimiz ravnaqi va farovonligiga munosib hissa qoʻshish uchun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eʼlon qilingan “Dolzarb 40 kunlik”da faol ishtirok etib tut, tok va boshqa daraxt koʻchatlari ekishga chaqiramiz!

 Bu bilan siz xalqimizga xos ezgu fazilatlarga oʻzingizning munosib hissangizni qoʻshgan boʻlasiz! Zero, nafaqat hovli va uylarimiz mana shu, mahalla, shahar va mana shu vatan ham oʻzimizniki. Uning ozodaligi va koʻrkamligiga barchamiz masʼulmiz.

Vatanimiz obodligiga oʻz hissamizni qoʻshaylik!

Amudaryo tumani fermerlari kengashi Rayosati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026