16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 14:51
Jamiyat 👁 474

Chordara mahallasi: farovon hayot sari dadil qadamlar

Chordara mahallasi: farovon hayot sari dadil qadamlar

Amudaryo tumani Chordara mahallasida bugun har bir xonadon, har bir oila oʻz mehnati, tirishqoqligi va hayotga boʻlgan intilishi natijasida farovon yashamoqda. Bu yerda “Mahalla yettiligi” masʼullarining aholi farovonligini oshirish, bandlikni taʼminlash, xotin-qizlar va yoshlar bilan tizimli ishlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi amaliy saʼy-harakatlari samarali natija bermoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati hamda “Amudaryo TV” telekanali jamoasi mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, aholining bugungi turmush tarzini oʻrgandi.

3650 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan mazkur hududda 666 ta xonadon tarkibida 1013 ta oila mavjud. Mahallaning iqtisodiy harakatlantiruvchi kuchi – xizmat koʻrsatish sohasi, tomorqa, parrandachilik va chorvachilikdir. Koʻplab oilalar aynan shu yoʻnalishlarda mehnat qilib, barqaror daromad manbaiga ega boʻlishgan.

Xususan, Rustam Oʻrazimbetov yillar davomida parrandachilik va chorvachilik bilan shugʻullanishni kasbga aylantirgan. Bu yil u inkubator yordamida 80 dona joʻjani parvarishlab, ularni bozorga chiqarib, moʻmay daromad oldi. Ayni damda xorijiy zotdor qoramollarni parvarishlash va koʻpaytirish ishlarini kengaytirib, oilasi daromadini mustahkamlamoqda.

Shuningdek, II guruh nogironi Baxtiyor Yusupov ham mehnati bilan mahalla faxriga aylangan. Ilgʻor tomorqachi 4 sotix tomorqasida kartoshka, sabzi, qovoq va boshqa mahsulotlar yetishtirib, ehtiyojdan ortganini ichki bozorda sotmoqda. U parrandachilik va baliqchilikni ham yoʻlga qoʻyib, nafaqat oʻzini, balki oila aʼzolarini ham band qilgan. “Nafaqaga qarab emas, mehnatga tayanib yashash kerak”, — deydi hamyurtimiz.

Chordara mahallasining eng taʼsirli hayotiy hikoyalaridan biri Nilufar Xoʻjaniyazovaga tegishli desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi. U II guruh nogironi. Ammo uning matonati, sabr-toqati va hayotga boʻlgan ishonchi har qanday insonni qoyil qoldiradi.

2018-yilda ogʻir xastalik natijasida u bir qoʻli va bir oyogʻidan ayrildi. Kunlari toʻshakda oʻtar, tayanadigan hassasi boʻlmasa bir qadam tashlash qiyin edi. Ammo Nilufar opa taslim boʻlmadi. Toʻquvchilik — bolalikdagi qiziqishi unga ruh, kuch va maʼnan madad boʻldi. Dastlab kichik mashgʻulot sifatida boshlangan bu hunar bugun uning hayot tarziga, daromad manbaiga aylanib ulgurdi.

Bugun Nilufar Xoʻjaniyazova tayyorlayotgan oyoq kiyimlar, bosh kiyimlar, sharflar, yumshoq oʻyinchoqlar koʻplab xaridorlar eʼtiboriga tushgan. Eng quvonarlisi — mehnat unga nafaqat daromad, balki sogʻlik, mustaqil harakat, hayotga qaytish imkonini berdi. U hozirda qoʻltiqtayoqsiz yuradi, mustaqil harakatlanadi. Nilufar opaning hayoti — inson uchun eng katta kuch manbai uning oʻzi ekaniga yorqin isbot. “Mehnat va hunar meni qayta oyoqqa turgʻazdi, hayotga qaytardi”, — deydi u faxr bilan.

Mahallaning yana bir mehnatkash oilasi — Bozorboy Raimovlar xonadoni. Ular xorijiy zotdor qoramolchilik bilan shugʻullanib, sifatli sut mahsulotlari yetishtirishmoqda. Bugun ushbu oilaning uch avlodi — oʻzi, farzandlari va nevaralari — oilaviy chorvachilikdan mustahkam daromad topmoqda.

Bozorboy Raimov parrandachilikda ham oʻziga xos uslub ishlab chiqqan. Yaqinda 150 dan ortiq parrandani ichki bozorda sotib, hozir 60 dan ortiq parrandani parvarishlamoqda. “Goʻsht, sut, tuxum mahsulotlariga xaridor hech qachon kamaymaydi”, — deydi u ishonch bilan.

Chordara mahallasida bugun har bir oila oʻz mehnatiga yarasha rizq topmoqda. Aholining faol, oʻziga ishongan, mehnatsevar boʻlishi — mahalla taraqqiyotining eng asosiy omili. Parrandachilik, chorvachilik, tomorqadan unumli foydalanish, hunarmandchilikni rivojlantirish orqali koʻplab oilalar barqaror daromad manbaiga ega boʻlmoqda. “Mahalla yettiligi” aʼzolari esa kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlash borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Natijada chordaraliklar bugun farovon hayot sari mustahkam va ishonchli qadamlar bilan odimlamoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026