AMUDARYo TUMANI ADLIYa BÖLIMI KORRUPTsIYaGA QARŞI KURAŞDA YeTAKÇI
Jamiyatimizning turli jabhalarida çuqur ildiz otgan korruptsiya illatiga qarşi kuraşişda Adliya vazirligi va uning hududlardagi quyi taşkilotlar tomonidan ham samarali işlar amalga oşirilmoqda. Vazirlik xodimlari iştirokida ötkazilayotgan tarğibot tadbirlarida OAV bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Amudaryo televideniyesi tahririyatining Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölinmasi tomonidan moliyalaştirilgan “Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi doirasidagi hamkorlik ham buning yorqin isbotidir.
Adliya bölimi xodimlari tomonidan joriy yilning ötgan 9 oyi davomida bölim huquqşunoslari tomonidan jami 4 ming 237 marotaba tarğibot işlari amalga oşirilgan. Qolaversa, 4000 nafardan ortiq fuqarolarning huquqiy muammolari ijobiy hal etilgan. Sudlarga jismoniy va yuridik şaxslarning manfaatini közlab, 20 dan ortiq daʼvo arizalari kiritilgan va 400 million sömdan ortiq qarzdorlik undirib berilgan. Fuqarolarning murojaatlarini örganiş va monitoring qiliş davomida 907 ta qonunbuziliş holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etiş çoralari körilgan.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi tomonidan esa ötgan 9 oy davomida 131 ta fuqarolik holati dalolatnomalariga özgartiriş, tuzatişlar kiritilib, takroriy guvohnomalar rasmiylaştirib berilgan. Şuningdek, öz vaqtida tuğilişi qayd qilinmagan bolalarga hujjatlar töplanişida amaliy yordam körsatiş orqali tuğilganligi qayd qilinib, guvohnomalar berilgan. 109 nafar fuqaroga Mustaqil davlatlar hamdöstligi davlatlaridan guvohnoma va maʼlumotnomalar olişda amaliy yordam körsatilgan.
Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy yilning 9 oyi davomida aholiga 61 ming 128 ta turli xil yönalişlardagi davlat xizmatlari körsatilgan. Tumanning olis hududlariga çiqqan holda sayyor davlat xizmatlarini körsatiş amaliyoti muntazam yölga qöyilgan bölib, joriy yilning 9 oyi davomida sayyor tartibda 4 ming 171 ta davlat xizmatlari körsatilgan.
Yuridik xizmat körsatiş markazi tomonidan esa 2025-yil boşidan beri kelib tuşgan jami 68 ming 178 ta hujjat loyihalari örganilib, ularning 67 ming 665 tasiga ijobiy, 14 tasiga salbiy xulosalar berilgan. 499 ta hujjat loyihalari esa qayta körib çiqiş uçun rad qilingan.
Tuman Adliya bölimi va unga qaraşli tuzilmalarda amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarning barçasi aholiga sifatli davlat xizmatlarini körsatiş, huquqiy maslahat va tavsiyalar beriş, aholi ongida korruptsiya illatiga nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantirişga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶