21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:58
Salomatlik 👁 346

ENDOKRINOLOGIK KASALLIKLAR VA UNING OLDINI OLIShGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI

ENDOKRINOLOGIK KASALLIKLAR VA UNING OLDINI OLIShGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI

 

Mamlakatimizda aholiga endokrinologik yordam koʻrsatishni takomillashtirishga qaratilgan milliy dasturga muvofiq, maxsus endokrinologik yordam koʻrsatish tizimini jahon andozalari darajasida takomillashtirish, shuningdek, aholi oʻrtasida qandli diabet kasalligi tarqalishining oldini olishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qator yoʻnalishlar boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, endokrinologik kasalliklar profilaktikasi va ularni erta bosqichda aniqlashga oid chora-tadbirlarni takomillashtirish, shuningdek, bunday kasalliklarni erta bosqichda aniqlash uchun hududlarda skrining dasturlari joriy etilib, soha mutaxassislari tomonidan sayyor seminar-treninglar, malaka oshirish mashgʻulotlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda tibbiyot sohasining boshqa yoʻnalishlaridan farqli oʻlaroq endokrinologik kasalliklarning jadal rivojlanib borayotgani tufayli mazkur kasallikning oldini olish, bemorni oʻz vaqtida davolash, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, kasallikka chalingan bemorlarga yaqindan yordam berish, soha mutaxassislarining bilim va malakalarini izchil oshirib borishni taqoza etmoqda. Bu borada "Umid" xayriya jamoatchilik birlashmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan profilaktik targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Joriy yilning 24-oktyabr sanasida Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasining endokrinologiya yoʻnalishi boʻyicha mutaxassis shifokorlari, tor doiradagi shifokorlar, tibbiy hamshiralar ishtirokida "Qoraqalpogʻiston Respublikasining Orolboʻyi hududida yashovchi 1-tur qandli diabet kasalligiga chalingan bolalar va oʻsmirlarning salomatligini yaxshilash" dasturi doirasida seminar-trening tashkillashtirildi.

Seminar-treningda endokrinologiya sohasidagi yangiliklar, kasallikning oldini olish va bemorlarni davolash boʻyicha sohaga joriy etilayotgan innovatsion gʻoyalar xususida tajribali mutaxassislar tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, seminar-treningda aholining zamonaviy, yuqori samarali diagnostika va davolash usullaridan foydalanish imkonini yaxshilash, kasallikni davolashda yuqori samaradorlikka erishish, shifoxonalar endokrinologiya boʻlimlarining zarur dori vositalari va reagentlar bilan taʼminlanish darajasini yaxshilash hamda aholi oʻrtasida qandli diabet kasalligi profilaktikasi yuzasidan ogohlantiruvchi tadbirlar oʻtkazishning ahamiyati boʻyicha zarur tushuncha va tavsiyalar taqdim etildi.

Seminar-trening davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan endokrinolog-shifokorlar va mazkur yoʻnalish boʻyicha faoliyat olib boruvchi tibbiy hamshiralarga 1-turdagi qandli diabet kasalligiga chalingan bolalar va oʻsmirlarni muqobil insulinlar, insulindan foydalanish qurilmalari hamda oʻzini-oʻzi nazorat qilish vositalari bilan taʼminlash, ovqatlanish madaniyatiga rioya qilishga odatlanishlariga koʻmaklashish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar-trening orqali endokrinolog-shifokorlar hamda mazkur yoʻnalish boʻyicha faoliyat olib boruvchi tibbiy hamshiralar oʻz bilim va malakalarini oshirish imkoniga ega boʻldilar. Shu bilan birga qandli diabet kasalligining 1-turi bilan kasallangan bolalar va oʻsmirlarning ota-onalariga kasallik profilaktikasi hamda bemor bolalarni davolashda yuqori samaradorlikka erishishda kerakli tavsiyalar berildi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026