21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:58
Fan va taʼlim 👁 358

"Jadidlar izidan" tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi

"Jadidlar izidan" tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi

Mamlakatimizda yosh avlod oʻrtasida buyuk allomalar, adiblar va mutafakkirlarning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablari va nodavlat taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan "Jadidlar izidan" Respublika tanlovi ham ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Mazkur tanlovning yangi mavsumi 2025-yilning oktyabr-dekabr oylarida, 6–8- va 9–10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtishi belgilangan.

Tanlov jadidlarizidan.uz saytidan roʻyxatdan oʻtgan oʻquvchilar oʻrtasida dastlab maktab bosqichi, soʻngra tuman bosqichi tarzida tashkil etildi. Har bir maktabdan 6–8-sinflar orasidan 1 nafar va 9–10-sinflar orasidan 1 nafar gʻoliblar saralab olinib, tanlovning tuman bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Tanlovning Amudaryo tumani bosqichi joriy yilning 17-oktyabr kuni yuqori saviyada oʻtkazildi. Unda maktab saralash bosqichidan oʻtgan jami 172 nafar oʻquvchi yoshlar qatnashdi.

Ochilish marosimida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh mutaxassisi Zafar Abdullayev oʻquvchi yoshlarni tanlov shartlari bilan tanishtirdi. Tanlov Nizomiga koʻra ishtirokchilar bilimlari 100 ballik tizimda baholandi. Saralash jarayoni Gʻulom Zafariy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Ishoqxon Toʻra Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Choʻlpon, Mahmudxoʻja Behbudiy singari buyuk jadidlar hayoti va ijodiga oid ikkita shart asosida amalga oshirildi.

1-shart test savollaridan ibora boʻlib, har bir ishtirokchi jadidlarning hayoti va ijodiga oid 25 ta test savoliga 25 daqiqa ichida javob berdi. Eng yuqori ball toʻplaganlar keyingi shartga oʻtish huquqini qoʻlga kiritdi. 2-shart esa jadidlar hayoti va ijodiga bagʻishlanib, ishtirokchilar jadidlar hayoti va ijodiga oid savollarga 5 daqiqa davomida oʻz fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Tanlov soʻngida hakamlar hayʼati tomonidan gʻoliblar aniqlandi. 6–8-sinflar oʻrtasida 1-oʻrin 39-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Dilchehra Eshboyevaga nasib qildi. 2-oʻrin 65-maktabning 6-sinf oʻquvchisi Ozoda Sultanovaga, 3-oʻrin esa 17-sonli maktab oʻquvchisi Charosxon Yangiboyeva hamda 82-sonli maktab oʻquvchisi Dilrabo Hayitboyevalarga nasib qildi.

9–10-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov gʻolibligi 13-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Sevinchoy Yoʻldashevaga nasib qildi. 2-oʻrinni 63-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Maʼrifat Gulmirzayeva hamda 3-oʻrinni 76-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Madina Maqsudovalar egallashdi. Har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 1 nafardan, jami 2 nafar ishtirokchi tanlovning hududiy, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Aytish joizki, jadidlar — xalqimiz maʼnaviyati, maʼrifatparvarlik ruhi va milliy uygʻonish tarixida beqiyos oʻrin tutgan ziyolilardir. Ular ilmu maʼrifat, erkin fikr va zamonaviy taʼlim orqali millatni taraqqiyot sari yetaklashni maqsad qilgan edilar. Bugungi kunda jadidlar hayoti va ijodini yoshlarga oʻrgatish orqali ularda Vatanga muhabbat, milliy gʻurur va maʼnaviy bagʻrikenglik tuygʻulari shakllanadi. Qolaversa, jadidlarning jasorati va fidoyiligi yoshlarga ibrat boʻlib, ularni bilimli, faol va vatanparvar avlod boʻlib yetishishga ilhomlantiradi.

Jadidlar taʼlim va madaniyat orqali xalqni taraqqiyot yoʻliga olib chiqishga harakat qilgan boʻlsalar, bugungi yoshlar ularning orzu va gʻoyalarini davom ettirishlari zarur. Shu bois jadidlar merosini chuqur oʻrganish — bu nafaqat tarixiy burch, balki kelajak uchun maʼnaviy sarmoyadir.

Tanlovning har bir sinf toifasi boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblari endilikda tuman sharafini respublika miqyosidagi navbatdagi bosqichda himoya qiladilar. Gʻoliblarga keyingi bosqichda omad va zafarlar tilaymiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026