14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 02:59
Fan va taʼlim 👁 295

Farovon mahallasida yangi zamonaviy bogʻcha binosi foydalanishga topshirildi

Farovon mahallasida yangi zamonaviy bogʻcha binosi foydalanishga topshirildi

Amudaryo tumanining Farovon mahallasi ahli hayotida yana bir quvonchli voqea roʻy berdi — mahallada 90-oʻringa moʻljallangan 55-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Mazkur taʼlim-tarbiya maskani binosi davlatimiz rahbarining maxsus qarori asosida, Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot tashkiloti ishtirokida amalga oshirilayotgan yirik loyiha doirasida bunyod etildi. Qurilish ishlari yuqori sifat bilan, zamonaviy talablarga toʻliq javob beradigan tarzda “Zamin qurilish trans servis” MChJ tomonidan bajarildi.

Tantanali ochilish marosimida Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman prokurori Bahram Masharipov, tuman hokimi oʻrinbosarlari, soha masʼullari, quruvchilar, taʼlim sohasi mutasaddilari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish, farzandlarimizning taʼlim-tarbiya olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidladi. Shuningdek, ushbu zamonaviy bogʻcha binosining foydalanishga topshirilishi Farovon mahallasi ahli uchun katta quvonch va yosh avlod tarbiyasi yoʻlida muhim vosita ekanini qayd etdi.

Tadbirda quruvchi tashkilot vakillari tomonidan bogʻcha binosining ramziy kaliti tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratovga tantanali ravishda topshirildi. Yalgʻash Shomuratov oʻz soʻzida mazkur loyihani hayotga tatbiq etishda koʻmak va eʼtibor koʻrsatgan mutasaddi tashkilotlar hamda quruvchilarga oʻz minnatdorligini bildirdi.

Tadbir mobaynida tuman hokimligi tomonidan quruvchilarga minnatdorchilik tariqasida esdalik sovgʻalari topshirildi. Bu ularning fidokorona mehnatiga boʻlgan yuksak eʼtibor va hurmat ifodasi boʻldi. Shundan soʻng 40-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan rang-barang raqslar va badiiy chiqishlar tadbirga yanada bayramona ruh bagʻishlab, mehmonlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligidagi mahalla nuroniylari ramziy tasmani qirqib, yangi bogʻcha binosi bilan tanishdilar. Otaxonlar ezgu niyatlar bilan duoga qoʻl ochib, bu bino bolajonlar uchun fayzli maskan, ilm-maʼrifat yoʻlida ilhom manbai boʻlishini tiladilar.

Yangi taʼlim-tarbiya maskanida bolajonlar uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan — yorugʻ va shinam, keng xonalar, zamonaviy mebellar, oʻyin maydonchasi va oʻquv-tarbiyaviy jihozlar bilan taʼminlangan. Bu kabi bogʻcha binolarining qurilishi yosh avlodning barkamol, bilimli, va yurt ravnaqiga hissa qoʻshadigan insonlar boʻlib voyaga yetishiga xizmat qiladi.

Amudaryo tumanida taʼlim infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yosh avlod taʼlim-tarbiya olishlari uchun zamonaviy sharoitlar yaratish yoʻlida amalga oshirilayotgan bunday amaliy ishlar – yurtimiz kelajagiga sarmoya, ertangi kunimizga ishonchli poydevor boʻlib xizmat qilishi, shubhasiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019