Asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi
Amudaryo tumanida 2025-2026 öquv yilining eng nufuzli intellektual tadbirlaridan biri – asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi.
14-oktyabr kuni 1-sonli maktabda olimpiada tuman bosqiçining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Marosimda Qoraqalpoğiston Respublikasi Taʼlim markazi direktori Nargiza Matlatipova, Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimi Fazilat Zaripova, tuman ixtisoslaştirilgan maktabidan masʼul xodim Muhayyo Tairova, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şamuratov va bölim masʼullari iştirok etişdi.
Tadbirda sözga çiqqan masʼullar olimpiadaning yoşlar hayotidagi ahamiyatini taʼkidlab, öquvçilarga mazkur bilimlar bellaşuvida omad va muvaffaqiyat tiladilar va iştirokçilarni halollik hamda adolat tamoyillariga qatʼiy rioya etişga çaqirdilar.
Olimpiada Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 18-sentyabrdagi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 23-sentyabrdagi buyruqlari asosida taşkil etilmoqda. Tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi umumiy örta taʼlim maktablari öquvçilari örtasidagi bellaşuvlar 14–23-oktyabr kunlari 1-sonli maktabda ötkazilişi belgilangan.
Bu yilgi olimpiadada tumandagi 86 ta umumiy örta taʼlim maktablaridan jami 2774 nafar 9-10-11-sinf öquvçilari iştirok etmoqda. Öquvçilar 15 ta fan yönalişi böyiça öz bilimlarini sinovdan ötkazişadi.
Fanlar olimpiadasi şartli ravişda ikki guruhga ajratilgan. Yaʼni matematika, informatika, kimyo, biologiya va fizika fanlaridan iştirok etayotgan öquvçilar I guruhga, tarix, geografiya, rus tili, huquq, ingliz tili, qoraqalpoq tili, ona tili va adabiyot, özbek tili, qozoq tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti kabi fanlar böyiça iştirokçilar esa II guruhga kiritilgan.
Joriy yilgi olimpiadaning asosiy yangiligi va afzalligi I guruh fanlari böyiça ötkaziladigan sinovlar bilan boğliqdir. Uşbu fanlar böyiça bellaşuvlar 14–18-oktyabr kunlari onlayn şaklda ötkazilmoqda. Eng muhimi, öquvçilar olimpiada natijalarini sinov yakunida şu vaqtning özidayoq bilib oliş imkoniyatiga ega böldilar. Bu şaffoflikni oşiriş va natijalarni tezkor eʼlon qilişga xizmat qiladi.
II guruh fanlari böyiça sinovlar esa anʼanaviy test körinişida 20–23-oktyabr kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan.
Olimpiadaning tuman bosqiçi ğoliblari keyingi – hududiy bosqiçda Amudaryo tumani şarafini himoya qiliş imkoniyatiga ega böladilar. Hududiy bosqiç şaharlar va tumanlararo bellaşuvlar ğoliblari iştirokida ötkaziladi. Bunday keng qamrovli bellaşuvlar eng bilimli va iqtidorli öquvçilarni saralab olişga xizmat qiladi. Qolaversa, mazkur olimpiada öquvçilarning bilim va salohiyatini sinovdan ötkaziş, iqtidorli yoşlarni aniqlaş va ularni qöllab-quvvatlaşda muhim vosita bölişi şubhasiz.
Fursatdan foydalanib, asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida iştirok etayotgan barça öquvçi-yoşlarga omad va zafarlar tilaymiz! Ğoliblarning esa keyingi bosqiçlarda ham muvaffaqiyatli iştirok etib, tumanimiz şarafini munosib himoya qilişlariga tilakdoşmiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶