DÖSTLIK MAHALLASIDA HUQUQŞUNOSLAR IŞTIROKIDA TADBIR ÖTKAZILDI
Davlat va jamiyat taraqqiyotining ildiziga bolta uruvçi eng yoqimsiz, xavfli illat — korruptsiyadir. Şuning uçun ham bugungi kunda mamlakatimizda korruptsiyaga qarşi kuraşiş har bir vijdonli kişining zimmasidagi masʼuliyatli vazifaga, umummilliy harakatga aylangan. Şu bois, mamlakatimizda har bir davlat idorasi korruptsiyaga qarşi kuraşişda masʼul etib belgilanib, keng aholi qatlamlari orasida seminar-treninglar, tarğibot-taşviqot tadbirlari taşkillaştirilmoqda.
Bu borada "Taraqqiyot közgusi" gazetasi tahririyatining Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan "Biz korruptsiyaga qarşimiz!" grant loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan tarğibot-taşviqot tadbirlari ham özining ijobiy samarasini bermoqda.
Navbatdagi şu kabi tarğibot uçraşuvi 9-oktyabr kuni Manğit şahridagi Döstlik mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida ötkazildi.
Tadbirda Amudaryo tuman Adliya bölimi yuridik xizmat körsatiş boş yuriskonsultlari Abror Tojiboyev, Mansur Matyusupov, Döstlik mahallasi masʼullari, mahalla faollari va loyiha koordinatorlari iştirok etdilar.
Tadbir avvalida Döstlik mahalla fuqarolar yiğini raisi Alişer Saburov korruptsiya illatiga qarşi kuraş borasida mahallada amalga oşirilayotgan tarğibot-taşviqot işlarining samaradorligi haqida söz yuritib, bunda aholi ongida korruptsiyaga qarşi murosasizlik kayfiyatini uyğotişning ahamiyati muhimligini taʼkidladi.
Şundan söng loyiha koordinatori Robiya Yöldoşeva mazkur loyihani amalga oşirişdan közlangan maqsad va kutilayotgan ijobiy natijalar yuzasidan maʼlumotlar berib, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni şakllantiriş birinçi navbatda tinç va osoyişta, adolatli va farovon hayot kafolati, şu bilan birga şaxsning kamoloti, Vatan va oilalarning barqaror rivojlanişidagi ahamiyatini alohida eʼtirof etdi.
Tadbir davomida Amudaryo tuman Adliya bölimi yuridik xizmat körsatiş markazi boş yuriskonsulti Abror Tojiboyev korruptsion holatlarning oldini oliş böyiça mamlakatimizda amalga oşirilayotgan işlar xususida söz yuritib, poraxörlik, davlat idoralari rahbarlarining manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyişlari, firibgarlik, yolğon maʼlumotlar, aldov yöli bilan davlatning va fuqarolarning mablağlari hamda mol-mulklarini özlaştirib oliş bilan boğliq jinoyatlarga jazo muqarrarligini taʼkidladi. Şuningdek, jamiyatda işonç va adolat tamoyillarini qaror toptirişda aholining huquqiy savodxonligini oşiriş zarurligini bildirdi.
Şuningdek, tuman Adliya bölimi yuridik xizmat körsatiş markazi boş yuriskonsulti Mansur Matyusupov sönggi paytlarda fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan turli mazmundagi reklama va eʼlonlar taʼsiriga tuşib, aldanib qolişayotganlari, xakerlik hujumlari tufayli bank plastik kartalaridan köp miqdorda pul yeçib olinişi oqibatida “çuv” tuşib qolayotganlari haqida hayotiy misollar keltirib, aholini ogoh bölişga daʼvat etdi.
Qizğin bahs-munozaralar, savol-javoblar asosida ötgan tadbirda loyiha koordinatorlari tomonidan korruptsiyaga qarşi kuraş böyiça qonunçilikdan köçirmalar, bukletlar tarqatilib, mahalla maʼmuriy binosining körinarli joyiga "Korruptsiyaga yöq deng!" mavzusidagi çaqiriqlar joylaştirildi.
Malakali huquqşunoslar va mahalla faollari iştirokida ötkazilgan oçiq va oşkora muloqot tarzidagi uçraşuv tadbiri jamiyatda korruptsiyaga qarşi huquqiy immunitetni şakllantirişga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶