Amudaryoda paxta yiğim-terimi — uyuşqoqlik va samaradorlik namunasi
Özbekiston qişloq xöjaligida paxta — nafaqat iqtisodiyotimizning tayançi, balki xalqimiz mehnatsevarligi va fidoyiligini namoyon etuvçi ramzlardan biridir. Bugungi kunda yurtimizning barça hududlarida bölgani kabi, Amudaryo tumanida ham paxta yiğim-terim mavsumi uyuşqoqlik va yuqori samaradorlik bilan olib borilmoqda.
Tumandagi fermer xöjaliklari dalalarida iş qizğin. Ayniqsa, zamonaviy paxta teriş maşinalari terim jarayonida asosiy yordamçi bölib xizmat qilmoqda. Ulardan foydalaniş tufayli dalalarda mehnat unumdorligi sezilarli darajada oşib, paxta yiğib oliş jarayoni ança tezlaşmoqda.
Masalan, Bobur nomli ovuldagi “Sitmomut” fermer xöjaligi misolida aytadigan bölsak, 100 gektarlik paxta maydonida terim işlari töliq texnika asosida taşkil etilgan. Natijada “Sulton” navli paxtadan gektariga 45–50 tsentnergaça hosil olinmoqda. Paxta teriş maşinalari esa kuniga 20–25 tonnagaça paxta yiğib-terib oliş imkonini bermoqda.
Şu kabi, “Umid Azimxöja” fermer xöjaligi ham ilğor texnologiyalardan unumli foydalangan holda yuqori samaradorlikka erişmoqda. 65 gektarlik maydonda gektariga 55–60 tsentner hosil olinayotgani — zamonaviy texnikalar va samarali agrotexnik tadbirlarning yaqqol natijasidir.
Joriy yilda Amudaryo tumanida paxta terimiga jami 12 ta paxta teriş maşinasi jalb qilingan bölib, ularning 10 tasi 2025-yil mavsumi uçun yangidan xarid qilingan texnikalardir. Bu esa davlatimiz rahbari tomonidan qişloq xöjaligini rivojlantiriş, fermerlarga keng imkoniyatlar yaratiş yölida amalga oşirilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir.
Amudaryolik fermerlar bugun öz mehnatini zamon talablariga mos tarzda taşkil etib, yangi texnikalar yordamida nafaqat hosildorlikni oşirmoqda, balki öz tadbirkorligini ham yanada rivojlantirmoqda.
Paxta terimi — nafaqat daladagi iş, balki haqiqiy mehnat bayramidir. Tumanimizda aholining terim jarayonidagi faolligi buning yaqqol dalili bölib xizmat qilmoqda. “Abdulla” fermer xöjaligining 60 gektar maydonidagi hosil asosan qöl mehnati asosida yiğib olinmoqda. Bu yerda terimçilarga barça şaroitlar yaratilgan: issiq ovqatlar taşkil etilgan, terilgan paxtaning har kilogrammi uçun 2000 sömdan haq öz vaqtida tölab berilmoqda.
Mehnatkaş terimçilar bundan mamnun holda, yuqori kayfiyat va şijoat bilan paxta terişmoqda. Ularning fidoyiligi va mehnatga bölgan mehr-muhabbati tufayli bu yilgi paxta xirmoni baland bölişiga işonç katta.
Bugungi kunda Amudaryo dalalarida olib borilayotgan paxta yiğim-terimi — texnika va mehnat uyğunligining, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va xalqimizning fidoyiligini özida mujassam etgan yorqin manzaradir. Hosildor dalalar, samarali texnikalar va fidoyi mehnatkaşlar tufayli bu yilgi paxta mavsumi ham yuqori natijalar bilan yakunlanişi şubhasiz.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶