Nukus şahridagi madaniyat markazlariga media tur taşkil etildi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligi taşabbusi bilan Nukus şahar Madaniyat bölimi hamda unga qaraşli madaniyat markazlariga media tur taşkil etildi. Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar hamda vazirlik masʼul xodimlari iştirok etdilar. Uçraşuvni vazirning matbuot kotibi, axborot siyosati böyiça maslahatçisi Gulmira Palvanova olib bordi. Media tur davomida markazlarning faoliyati va erişilgan natijalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Nukus şahrida aholiga madaniy xizmat körsatayotgan 6 ta madaniyat markazi faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda bu muassasalarda jami 86 nafar xodim işlamoqda. Xodimlarning malakali tarkibi markazlar faoliyatining samaradorligini taʼminlamoqda.
Yoşlarning qiziqişlarini hisobga olgan holda markazlarda turli yönalişlarda 17 ta tögarak taşkil etilgan bölib, ularga 233 nafar yoşlar va ösmirlar qatnaşmoqda. Şuningdek, 11 ta havaskor xalq jamoasi faoliyat yuritib, 177 nafar iştirokçini öz saflariga birlaştirgan. Jami 481 nafar havaskor yoşlar bu tögarak va jamoalarga aʼzo bölgan holda, madaniyat va sanʼat sirlarini örganmoqda, öz isteʼdodlarini namoyiş etmoqda. Drama, milliy qöşiq, estrada, biçiş-tikiş, milliy öyin, baxşiçilik, sozandalik va rassomçilik kabi yönalişlar yoşlar orasida katta qiziqiş uyğotmoqda.
Yil boşidan buyon şaharning barça joylarida jami 288 ta madaniy tadbir ötkazildi. Xalq sayllari, bayram sanalari, yubiley keçalari va turli köngiloçar tomoşalar orqali 55 mingdan ortiq aholiga madaniy xizmat körsatildi. Buning özi markazlarning jamoatçilik bilan olib borayotgan faol işidan dalolat beradi. Şuningdek, 66 ta pullik madaniy tadbirlar taşkil etilib, salkam 40 million söm mablağ bölimning maxsus hisob raqamiga ötkazildi.
Şahar markazidagi 1-sonli madaniyat markazi 2015-yilda taʼmirlangan. 250-örinli tomoşabinlar zaliga ega bu markazda 2 ta tögarak va 10 ta maxsus unvonlarga ega jamoalar faoliyat yuritmoqda. Bu markazga 177 nafardan ortiq iştirokçi jalb etilgan.
2-sonli maxsus madaniyat markazi esa 2022-2023-yillarda "Oçiq byudjet" loyihasi doirasida 1 milliard 800 million söm mablağ evaziga rekonstruktsiya qilingan. 250-örinli tomoşabinlar zaliga ega bu markazda 3 ta tögarak faoliyat yuritmoqda va 56 nafar iştirokçini öz saflariga birlaştirgan. 3-sonli "Tamaşa" madaniyat markazi 2020-yilda "Obod mahalla" dasturi doirasida joriy taʼmirlangan.
Markazlardan ayrimlari öz binolariga ega emasligi sababli boşqa muassasalarda joylaşgan. Jumladan, 4-sonli "Amudaryo" madaniyat markazi közi ojizlar kutubxonasida, 5-sonli "Jayxun" madaniyat markazi esa 20-sonli umumtaʼlim maktabida faoliyat yuritmoqda. Bundan taşqari, 6-sonli "Döstlik" madaniyat markazi 4-sonli kar va zaif eşituvçi bolalar maktab-internatida joylaşgan bölib, imo-işorali qöşiqçilar, mohir qöllar va tasviriy sanʼat tögaraklariga jami 64 nafar iştirokçilar qamrab olingan.
Bu markazlarning barçasidagi ijodiy va texnik jamoa öz hududidagi aholiga madaniy xizmat körsatiş, yoşlarni ijodiy faoliyatga jalb etiş va milliy madaniyatimizni saqlaş yölida jonbozlik körsatib, samarali mehnat qilişmoqda. Madaniyat markazlarida taşkil qilingan tögaraklarda esa hududning minglab yoşlari sanʼatga oşno bölib ulğaymoqda. Eng muhimi, uşbu markazlar tomonidan aholiga körsatilayotgan madaniy xizmatlar ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş va maroqli hordiq çiqarişiga imkoniyat yaratmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶