14.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.10.2026, 12:11
Qishloq xoʻjaligi 👁 321

Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirining sayyor qabuli oʻtkazildi

Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirining sayyor qabuli oʻtkazildi

25-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Xamrayev Amudaryo tumanida ommaviy sayyor qabul oʻtkazdi. Ushbu tadbir nafaqat hudud aholisining muammolarini hal etish, balki suv resurslaridan oqilona foydalanish, sohada olib borilayotgan islohotlarni tushuntirish hamda joylardagi amaliy muammolarga yechim topish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.

Tumanning Choykoʻl ovulida tashkil etilgan sayyor qabulda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Teshayev, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Baxtiyor Yusupov, mutasaddi idoralar vakillari, suv xoʻjaligi sohasi mutaxassislari, fermer xoʻjaliklari rahbarlari hamda suv isteʼmolchilari, aholi vakillari qatnashdi.

Vazir Shavkat Xamrayev oʻz chiqishida mamlakatimiz suv xoʻjaligi tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida toʻxtalib, Prezident tashabbusi bilan qabul qilingan yangi farmon va qarorlarning amaliy ahamiyatini atroflicha tushuntirdi. Xususan, suv resurslaridan samarali foydalanish, ularni tejash va qayta taqsimlash, yangi texnologiyalarni joriy etish, moʻl hosil yetishtirishda suvning toʻgʻri boshqarilishi hal qiluvchi omil ekanini taʼkidladi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida davom ettirildi. Unda hududdagi fermerlar, tadbirkorlar, mahalla faollari oʻz muammolari va takliflari bilan murojaat qildilar. Suv taqchilligi, irrigatsiya tarmoqlarini taʼmirlash, sugʻorish tizimlarida elektr taʼminoti, yangi quvurlar tortish kabi masalalar koʻtarildi.

Qabul jarayonida jami oʻndan ortiq murojaat tinglandi. Ulardan koʻpchiligiga joyida hal etiladi. Ayrim masalalar esa qoʻshimcha oʻrganishni talab etgani bois, mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Baxtiyor Yusupov va Amudaryo tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Baxtiyor Davekovlar ushbu masalalar ijrosiga masʼul etib belgilandi.

Qabul yakunida ishtirokchilar oʻz murojaatlari ijobiy hal etilganidan mamnun ekanliklarini bildirib, suv xoʻjaligi tizimi vakillariga minnatdorchilik izhor qildilar. “Eng muhimi – bizning ovozimiz eshitilayotganidan, muammolarimiz joyida hal qilinayotganidan xursandmiz”, – deya taʼkidladilar ular.

Darhaqiqat, suv – hayot manbai. Uning oqilona boshqarilishi nafaqat dehqonning moʻl hosili, balki xalq farovonligi va yurt taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliq. Tumanimizda oʻtkazilgan ushbu sayyor qabul ham aynan shu ezgu maqsadlarga xizmat qildi.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan suv xoʻjaligini takomillashtirish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, mavjud resurslardan samarali foydalanish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ochiq muloqotlar esa bu jarayonni yanada jadallashtirish, xalq bilan tizim mutasaddilari oʻrtasida bevosita aloqani mustahkamlash uchun muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026