14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 16:14
Jamiyat 👁 282

KORRUPTsIYaGA QARShI TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

KORRUPTsIYaGA QARShI TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining “Biz korruptsiyaga qarshimiz!” nomli hamda “Amudaryo televideniyesi” tahririyatining “Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihalari doirasida mazkur ommaviy axborot vositalari hamkorligida tadbir tashkil qilindi.

Grant loyihasi ish rejasiga koʻra davlat xizmatlaridan foydalanuvchilarga bukletlar va flayerlar tarqatish orqali ular ongida korruptsiya nisbatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirishga hissa qoʻshish maqsadida loyiha koordinatorlari tumanning Navoiy va Oybek nomli mahallalarida boʻldilar.

Tadbir avvalida mahalla fuqarolar yigʻini raisi Azamat Xidirov ishtirokchilarga nafaqat davlatimiz taraqqiyoti, balki har bir inson kamoloti, oilalar farovonligi uchun jiddiy tahdid boʻlgan korruptsiyaga qarshi kurashish bugungi kunda umummilliy harakatga aylanganini taʼkidladi va mahalla ahlini ushbu illatga qarshi kurashishda hamjihatlikka chaqirdi.

Shundan soʻng loyiha koordinatori Robiya Yoʻldosheva tadbir ishtirokchilariga mazkur loyihalarning dolzarbligi, loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli targʻibot-tashviqot ishlari va ulardan kutilayotgan ijobiy natijalar xususida soʻz yuritdi.

Xususan, loyihalar ish rejasi doirasida umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etilgan “Korruptsiyasiz jamiyat quramiz!”, “Biz korruptsiyaga qarshimiz!” mavzularidagi insholar tanlovlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida, davlat va jamoat tashkilotlarida huquqshunoslar, deputatlar, imomlar va nuroniylar ishtirokida oʻtkazilayotgan uchrashuvlar, davra suhbatlari qamrov darajasi kengligi bilan aholining huquqiy savodxonligini oshirishda ijobiy samara bermoqda.

Fuqarolar bilan muloqot chogʻida korruptsiyaga qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarininggina emas, balki har bir birimizning zimmamizidagi burch va masʼuliyat ekani taʼkidlandi. Shu bilan birga, manfaatlar toʻqnashuvi, poraxoʻrlik, aldov, firibgarlik yoʻli bilan oʻzganing mulkini oʻzlashtirib olish koʻrinishidagi huquqbuzarliklar haqida hayotiy misollar keltirilib, bu kabi jinoyatlarga jazo muqarrarligi taʼkidlandi.

Loyiha koordinatorlari aholi xonadonlariga ham tashrif buyurib, korruptsiyaga qarshi targʻibot ishlarini olib bordilar. Muloqot jarayonida ishtirokchilarga davlat organlarining korruptsiyaga qarshi kurashuvchi vakolatli tuzilmalarining “Ishonch telefonlari”, “Call markazlari” haqida maʼlumotlar taqdim etilib, korruptsiya holatlariga duch kelganda ushbu organlar murojaat qilish lozimligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, loyiha koordinatorlari mahallalar hududidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ham tashrif buyurishib, korruptsiya holati yuz berishining oldini olish, korruptsiyaga qarshi kurashishda jamoaviy birdamlikni taʼminlash yuzasidan muassasa xodimlari bilan suhbatlashdilar. Ularga, korruptsiya, manfaatlar toʻqnashuvi, firibgarlik, taʼmagirlik bilan bogʻliq holatlar sodir boʻlgan taqdirda zudlik bilan davlat organlarining vakolatli tuzilmalariga tegishli “Ishonch telefonlari” orqali xabar berish zarurligi, har qanday vaziyatda xabar beruvchining shaxsiy maʼlumotlari sir tutilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etildi.

Oʻtkazilgan tadbirlar Navoiy va Oybek nomli mahallalar aholisi ongida korruptsiyaga nibatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirish, bu illatga qarshi kurashishda jamoaviy birdamlikni taʼminlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Robiya YOʻLDOShEVA, Mahmudjon ShOMURODOV, Ravshan BAHROMOV, loyiha koordinatorlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019