14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 10:57
Jamiyat 👁 276

Yoshlar kelajagi uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda

Yoshlar kelajagi uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda

Bugun yoshlar bandligi, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish va zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Amudaryo tumanida mana shunday ustuvor maqsadlarga yoʻnaltirilgan qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Xususan, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tashabbusi bilan 1-sonli muhandislik texnikumida yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish, ularning qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish va munosib ish bilan taʼminlash maqsadida 18 ta yoʻnalishda qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi. Eng eʼtiborlisi, bu kurslarda taʼlim olish mutlaqo bepuldir.

17-sentyabr kuni texnikumda mazkur kurslarning ochilish marosimi hamda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman hokimi boshchiligida soha rahbarlari, turli tashkilot vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan tuman hokimi Sobir Xoʻjametov muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga taʼlim-tarbiya olishlari, kasb-hunar egallashlari, oʻz qobiliyatlarini namoyish qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, chet tillarini oʻrganish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xorijiy tilni bilishning bugungi globallashuv davrida naqadar muhim ekani xususida soʻz yuritdi.

Texnikum direktori Shuhrat Matrizayev ham nutq soʻzlab, ushbu tashabbusning farzandlarimizning kasb-hunar egallashlarida, oʻz hayot yoʻlini topishda va kelajakda mustaqil shaxs sifatida shakllanishida beqiyos ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasida tijorat banklari, turli tashkilot va muassasalar masʼullari, shuningdek, mahalliy tadbirkorlar oʻzlarining mavjud ish oʻrinlari bilan ishtirok etdilar. Bu esa yoshlarning nafaqat bilim olishlari, balki oʻzlari uchun munosib ish joyi topishlariga ham keng imkoniyat yaratdi.

Tadbir davomida jajji qizaloqlarning raqs chiqishlari, harbiy orkestr jamoasining joʻshqin kuy-qoʻshiqlari yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Bu esa yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar nafaqat bilim olishga, balki ruhiy-maʼnaviy yuksalishga sabab boʻlayotganini koʻrsatdi.

Amudaryoda ochilgan qisqa muddatli kurslar orqali yoshlar tikuvchilik, sartaroshlik, pazandalik, IT va dasturlash, payvandchilik, elektrmontyorlik, avtomexaniklik, qandolatchilik kabi 18 ta yoʻnalishlarda bilim oladilar. Bu esa ularning mehnat bozorida talabgir mutaxassisga aylanishiga, oʻz hayotini oʻzi mustaqil qurishiga zamin yaratadi.

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus yoshlar hayotida oʻzlarining yangi qirralarini ochadigan, ularning orzu-intilishlarini roʻyobga chiqaradigan katta imkoniyatdir. Kasb-hunar egallagan yoshning qoʻli gul, koʻngli toʻq, kelajagi esa porloq boʻladi.

 Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019