16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:41
Fan va taʼlim 👁 368

24-SONLI MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTIDA “OChIQ EShIKLAR KUNI” OʻTKAZILDI

24-SONLI MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTIDA “OChIQ EShIKLAR KUNI” OʻTKAZILDI

Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 24-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim-tarbiya jarayonlari yuqori saviyada olib borilmoqda. Mazkur muassasada 235 nafar kichkintoy tarbiyalanmoqda, shundan 135 nafari asosiy guruhlarda, 75 nafari qisqa muddatli guruhlarda va 25 nafari maktabga tayyorlov guruhida.

Muassasaga koʻp yillik tajribaga ega Munavvar Toʻrayeva rahbarlik qiladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotida faoliyat yuritayotgan barcha tarbiyachi-pedagoglar oliy maʼlumotli mutaxassislar boʻlib, ular taʼlim-tarbiya jarayonlarida innovatsion pedagogik usullardan foydalanadilar. Bolajonlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ingliz, rus tillari, musiqa va badiiy gimnastika toʻgaraklari ham tashkil etilgan. Muassasa hududidagi obodonlashtirilgan bogʻ va gulzorlar, ekologik yoʻlakchalar bolalarda tabiatga boʻlgan mehr-muhabbatni oshirishga xizmat qiladi.

Tashkilot rahbarining oʻrinbosari Oynur Oqmanova tarbiyachi-pedagoglar bilan deyarli har haftada uslubiy mashgʻulotlar oʻtkazib, xodimlarning malakasini oshirib boradi. Bu boradagi yangiliklar va innovatsion gʻoyalar taʼlim-tarbiya jarayoniga tatbiq etiladi.

11-sentyabr kuni mazkur muassasada “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi. Tadbir davomida mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar xususida maʼlumotlar berildi. Xususan, soʻnggi yillarda olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida 6-7 yoshgacha boʻlgan bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish darajasi yildan-yilga oshib bormoqda. Kelgusida bu koʻrsatkichni 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Bu haqda 9-sentyabr kuni Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ham soʻz yuritildi. Unga koʻra, bu yil maktabgacha taʼlim tizimida oʻrinlar sonini 182 mingtaga koʻpaytirish rejalashtirilgan boʻlib, ularning 82 mingtasi yangi tashkil etilgan muassasalar, 100 ming oʻrini esa mavjud bogʻchalarni taʼmirlash hisobiga amalga oshiriladi.

“Ochiq eshiklar kuni”da tarbiyachi-pedagoglar tomonidan oʻtkazilgan mashgʻulotlar ota-onalar tomonidan yuqori baholandi. Jumladan, tarbiyachi-pedagog Dilfuza Yoʻldoshevaning “Bolalarda matematik qobiliyatni rivojlantirish” mavzusidagi, Marjona Davlatboyevaning “Elementar matematika boʻyicha predmetlarni 4 va 8 ga boʻlish” mavzusidagi, Munavvar Olloniyozovaning “Bolaning nutqiy faoliyatini oʻstirish” mavzusidagi, Zilola Tursunboyevaning “Mening shahrim, mening mahallam” mavzusidagi va Sharofat Rajabovaning “Mahalla koʻchalari va uylar” mavzusidagi dars-mashgʻulotlarida ota-onalar kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.

Shuningdek, Guliston Yeshchanova rahbarligidagi rus tili, Sarvinoz Sogʻindikova rahbarligidagi ingliz tili, Sabohat Karimboyeva rahbarligidagi badiiy gimnastika, Eldor Xolmirzayev rahbarlik qilayotgan ashula va musiqa toʻgaraklaridagi mashgʻulotlar ham yuqori saviyada oʻtdi. Bolajonlar tomonidan namoyish etilgan sheʼrlar, ashulalar va raqslar ota-onalarning olqishlariga sazovor boʻldi.

Tadbir yakunida ota-onalar muassasa rahbariyati va tarbiyachi-pedagoglarga farzandlariga berilayotgan mehr va sifatli taʼlim-tarbiya uchun chin dildan minnatdorlik bildirdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026