10 nafar mahkum muddatidan ilgari şartli ozod qilindi
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va adolatli jamiyat quriş jarayonida insonparvarlik tamoyillari tobora mustahkamlanmoqda. Jinoyat sodir etgan şaxslarni tuzaliş yöliga qaytariş, ularga yangidan hayotda munosib örin egallaş imkoniyatini yaratiş maqsadida sud-huquq tizimida muhim işlar amalga oşirilmoqda. Şu maqsadda joylarda oçiq va sayyor sud majlislari taşkil etilib, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirişga hissa qöşilmoqda.
2025-yil 5-sentyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi J.Baltabayev, sudya yordamçisi E.Jumaniyozov, Amudaryo tuman prokurorining katta yordamçisi R.Temirbayev, tuman IIO Probatsiya guruhi katta inspektori R.Iskandarovning iştirokida Boy ovul MFYning maʼmuriy binosida oçiq va sayyor sud majlisi bölib ötdi.
Oçiq sayyor sud majlisida Özbekiston Respublikasi JKning 73-moddasi (Jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş) tartibida ilgari jinoyat sodir qilib, hozirgi kunda tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan hamda örnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bölgan 10 nafar mahkumga nisbatan qöllanilgan jazolarning ötalmay qolgan qismini ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş masalasi körib çiqildi.
Sud hukmi bilan mahkumlar jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilinib, ularga jazoning ötalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan taqdirda Jinoyat Kodeksning 60-moddasida (bir neça hukm yuzasidan jazo tayinlaş) nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaşi haqida töliq tuşuntirişlar berilib ötildi.
Ötkazilgan uşbu sayyor sud majlisi mahkumlarni ijtimoiy hayotga qaytariş, ularni mehnatga va soğlom turmuş tarziga yönaltirişda muhim ahamiyat kasb etdi. Şu bilan birga, bunday oçiq sud jarayonlari aholi örtasida qonunlarga hurmat, jinoyatga nisbatan murosasizlik tuyğularini hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirişga xizmat qiladi.
Jasurbek Baltabayev, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶