PROFILAKTIKA KUNI: PROKURATURA, IIB VA MAHALLA HAMKORLIGIDA XAVFSIZ MUHIT YaRATILMOQDA
Yurt tinçligi va barqaror rivoji, avvalo, aholi örtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilişining oldini olişga qaratilgan tizimli işlar samarasiga boğliq. Mamlakatimizda jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş, jazo muddatini ötab qaytgan şaxslarni jamiyatga moslaştiriş va ularni qayta jinoyat sodir etişdan saqlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, haftaning har payşanba kuni profilaktika kuni sifatida belgilanib, şu kuni turli tarğibot va tuşuntiriş tadbirlari amalga oşirilmoqda. Profilaktika kuni doirasida mahallalarda fuqarolar bilan oçiq muloqotlar, huquqiy savodxonlikni oşirişga qaratilgan seminarlar, turli profilaktik nazorat tadbirlari va yangi iş örinlarini yaratişga doir amaliy uçraşuvlar ötkazilib kelinmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri Amudaryo tumani Içki işlar bölimi tomonidan ham taşkillaştirildi. Oçiq muloqot tarzida ötkazilgan mazkur tadbirda tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova, tuman prokurori, adliya maslahatçisi Bahrom Maşaripov, tuman IIB boşliği, podpolkovnik Muhammedali Xojamuratov, IIB boşliği örinbosarlari, şuningdek, IIB Probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini ötayotgan hamda jazoni ijro etiş maskanlarida jazo muddatini ötab qaytgan fuqarolar iştirok etdilar.
Yuzma-yuz oçiq muloqot tarzida ötkazilgan tadbirda taşkilotçilar va masʼullar tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tuşunçalar berildi.
Şuningdek, mazkur qarorda belgilangan vazifalar, xususan, mahallalarda kriminogen vaziyatni bartaraf etiş, probatsiya hisobida jazo muddatini ötayotgan şaxslarni töğri yölga yönaltiriş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş va har tomonlama, ayniqsa, huquqiy yönalişda qöllab-quvvatlaş masalalari atrofliça muhokama etildi.
Tadbir davomida özaro fikr almaşuvlar ham böldi. Unga köra, tuman prokurori, adliya maslahatçisi Bahrom Maşaripov, IIB boşliği, podpolkovnik Muhammedali Xojamuratovlar mahalla faollari, psixologlar va profilaktika inspektorlari örtasida hamkorlikni mustahkamlaş orqali har bir fuqaroning holati individual örganilişi lozimligini taʼkidladilar. Şu tarzdagi hamkorlik natijasida amalga oşirilgan samarali işlar böyiça misollar, mahallalar tajribalari va ularning ahamiyati xususida söz yuritdilar.
Çindan ham, bugungi kunda probatsiya hisobida turgan şaxslarga hayotini yangidan boşlaş, qilgan xatolaridan xulosa çiqargan holda mehnat faoliyati bilan band böliş, taʼlim oliş va tadbirkorlik bilan şuğullanişlari uçun davlat tomonidan keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu esa ularning hayotda öz örnini topişlariga zamin yaratadi.
Tuman Içki işlar bölimining Probatsiya guruhi aʼzolari probatsiya hisobida jazo muddatlarini ötayotgan şaxslar bilan muntazam ravişda uçraşib, ularning muammolarini tinglab, hal qiliş çoralarini körib kelmoqda. Jumladan, işga joylaştiriş, kasb-hunar örgatiş, ijtimoiy yordam ajratiş böyiça murojaatlar mutasaddilar tomonidan örganilib, ularni ijobiy hal etiş çoralari körilmoqda.
Inson şaʼni va qadr-qimmati hamma narsadan yuksak tutiladigan mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar jarayonida inson — davlat — jamiyat tamoyili amalda öz ifodasini topmoqda. Prokuratura, IIB va Mahalla hamkorligida ötkazilayotgan profilaktik tadbirlarning tizimli va taʼsirçan taşkil etilişi esa fuqarolar manfaatlarini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶