TUMAN PROKURORI B. MAŞARIPOV QORAMON MAHALLASIDAGI IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ AHOLIGA BAYRAMONA KAYFIYaT ULAŞDI
Yurtimizda hamişa özaro mehr-oqibat, saxovat, muruvvat kabi azaliy qadriyatlarimiz, xalqimizga xos ezgu fazilatlar uluğlab kelingan. Ehtiyojmand kişilar, nogironligi bölgan şaxslarni hamda oğir ahvolga tuşib qolgan aholini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlaş, yoşi uluğ insonlarga ğamxörlik körsatişga alohida eʼtibor qaratilgan.
Bugungi kunda ham bu kabi ezgu işlar davom etmoqda va aholi bilan doimiy muloqot qiliş, ularni qiynayotgan muammolarni hal etişning yangi mexanizm va samarali usullarini joriy etiş olib borilayotgan islohotlarning ustuvor yönalişiga aylandi.
Sönggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat va yordamlar körsatiş kölami hamda turlarini kengaytiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Bugungi kunda aholiga ijtimoiy yordam körsatiş böyiça ezgu harakatlar eng çekka hududlargaça yetib borayotganidan ayonki, “Hamma narsa inson qadri uçun!” tamoyili asosida amalga oşirilayotgan barça ezgu işlar har bir insonning hayotdan rozi yaşaşini taʼminlaşga qaratilgan.
Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Amudaryo tuman prokurori Bahrom Maşaripov Qoramon mahallasidagi oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan, nogironligi bölgan fuqarolar istiqomat qiluvçi xonadonlarga, şuningdek, kam taʼminlangan, boquvçisini yöqotgan oilalarga taşrif buyurib, ularning turmuş şaroitlari bilan yaqindan tanişdi. Har bir xonadon va oila hayotiga doir muammolarni örganib, fuqarolarning taklif va istaklarini eşitdi. Özgalar parvarişiga muhtoj, kam taʼminlangan va nogironligi bölgan fuqarolarga quvonçli kayfiyat ulaşib, ularning bayram dasturxonlari uçun sarxil oziq-ovqat mahsulotlarini berdi.
Şuningdek, tuman prokurori mahallada faoliyat olib boruvçi kompleks ijtimoiy xizmat körsatiş xodimi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar bilan ham yaqindan tanişdi.
Amudaryo tumani markazidan 34 çaqirim masofa uzoqlikdagi Qoramon mahallasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga kompleks ijtimoiy xizmat körsatiş yönalişida tizimli işlar yölga qöyilgan. Ayni paytda mahalla hududidagi xonadonlarda 4456 nafar aholi istiqomat qiladi. Joriy yil boşida “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda “Inson” ijtimoiy xizmat körsatiş markazi Amudaryo tuman bölimining mahalladagi kompleks xizmat körsatuvçi ijtimoiy xodimi Sevara Ismoilova tomonidan uyma-uy kirib borib ötkazilgan xatlov natijalariga köra, 139 ta oila kam taʼminlangan, kambağal oilalar röyxatiga kiritildi. Şuningdek, 144 nafar özgalar parvarişiga muhtoj, nogironligi bor bölgan fuqarolar röyxati şakllantirildi.
Prezidentimiz taşabbusi bilan mahallalarda kompleks xizmat körsatuvçi ijtimoiy xodim lavozimi joriy etilib, ijtimoiy xizmatlar mahalla darajasigaça tuşirilgani özgalar parvarişiga muhtoj, nogironligi bölgan fuqarolar hayot tarzini ijobiy va yaxşi tomonga özgartiriş imkonini yaratdi.
Uşbu tizim faoliyatini samarali yölga qöyiş maqsadida Qoramon mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining töliq bazasini şakllantiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirildi. Unga köra, aholi xonadonlarida yaşovçi 12 toifadagi fuqarolar alohida röyxatga olindi va ularning turmuş tarzi individual tarzda örganilib, ijtimoiy xizmatlar körsatiş çoralari körildi. Çunki oddiy insonlar bilan yuzma-yuz uçraşib, ularning turmuşida uçrayotgan çigal masalalarini hal etib beriş, kömak körsatiş, ayniqsa, insonlarning dard-u taşvişlariga yelkadoş bölib, muammolariga yeçim qidiriş – oliy qadriyat hisoblanadi.
Uşbu yönalişda joriy yilning bugungi kunigaça ijtimoiy himoyaga muhtoj, işsiz va nogironligi bölgan şaxslarning ota-onalarining bandligini taʼminlaş maqsadida ulardan 12 nafariga 80 yoşga tölgan keksalarga hamda 1-guruh nogironligi bölgan şaxslarga qarab turiş haqiqiy holatlarini tekşiriş dalolatnomalari rasmiylaştirildi. Şuningdek, 3 nafar nogironligi bölgan fuqarolarga protez-ortopediya moslamalari yetkazib berildi. Bu tarzda aholiga körsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar natijasida oğir ahvoldagi şaxslarning ijtimoiylaşuviga erişilmoqda.
Tuman prokurori Bahrom Maşaripov şu kuni mahalladagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga, özgalar parvarişiga muhtoj insonlarning oilalarida bölib, ular bilan samimiy, dildan suhbatlaşdi, Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami bilan tabriklab, bayramona kayfiyat ulaşdi.
RAVŞAN BAHROMOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶