16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:31
Fan va taʼlim 👁 373

YaNGI OʻQUV YILINING ILK QOʻNGʻIROQ SADOLARI YaNGRADI

YaNGI OʻQUV YILINING ILK QOʻNGʻIROQ SADOLARI YaNGRADI

Bugun, 2-sentyabr kuni yurtimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida hayajonli va unutilmas sanalardan biri — “Bilimlar kuni” bayrami keng nishonlanib, yangi oʻquv yilidagi "Birinchi qoʻngʻiroq" sadolari yangradi. Bu sana nafaqat oʻquvchilar va ularning ota-onalari, balki butun xalqimiz uchun ham chinakam bayram, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Zero, bilimga qoʻyilgan har bir qadam — kelajak sari tashlangan ishonchli odimdir.

Amudaryo tumanidagi 22-sonli umumtaʼlim maktabida ham ushbu ulugʻ kun tantanali tarzda, katta quvonch va hayajon bilan nishonlandi. Maktab hovlisi bayramona bezatilib, oʻquvchilarning begʻubor quvonchi, ota-onalarning faxrli nigohlari va ustozlarning samimiy tabassumlari bir-biriga uygʻunlashib, bayram kayfiyatini yanada oshirdi.

Tadbirda Amudaryo tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratov ishtirok etib, bolajonlarni yangi oʻquv yilining boshlanishi hamda “Bilimlar kuni” bilan qizgʻin tabrikladilar. Tuman hokimi oʻz nutqida maktab ostonasiga qadam qoʻygan kichkintoylarga hamda barcha oʻquvchilarga samimiy tilaklarini izhor qildi.

Bayram tadbirida boshlangʻich sinf oʻquvchilari tomonidan Vatan madhi tarannum qilingan kuy-qoʻshiqlar yangradi, sahnada rang-barang raqslar ijro etilib, yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashildi. Ularning begʻubor ovozlari va joʻshqin raqslari barchaning qalbiga quvonch bagʻishladi.

Birinchi sinf ostonasiga ilk bor qadam bosayotgan kichkintoylarga muhtaram Prezidentimizning esdalik sovgʻalari topshirilishi bolajonlar uchun bir olam quvonch bagʻishladi. Kichkintoylarning yuzida paydo boʻlgan begʻubor tabassumlar — bu ezgu eʼtibor va gʻamxoʻrlikning yorqin ifodasi boʻldi.

Shundan soʻng, yangi oʻquv yilining ilk qoʻngʻirogʻi jarangladi. Qoʻngʻiroq sadosi ilmga chanqoq oʻquvchilar qalbiga quvonch bagʻishlab, ularni yangi marralar sari chorladi. Shu tariqa sinfxonalarda dars mashgʻulotlari boshlandi, bilim olish sari ilk qadamlar qoʻyildi.

Shu kuni tumanimiz boʻylab barcha 86 ta umumtaʼlim maktablarida “Bilimlar kuni” keng nishonlandi. Sana munosabati bilan tuman hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligidagi rahbarlar tumanning eng chekka hududi boʻlgan Nazarxon ovulidagi 3-sonli hamda 58-sonli maktablarga tashrif buyurib, bolajonlarni yangi oʻquv yili bilan samimiy tabrikladilar.

Tashrif chogʻida tuman hokimi maktab maʼmuriyati va ota-onalar bilan yaqindan suhbat qurib, oʻquvchilarning yaxshi oʻqib, bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi. Tuman hokimi oʻz tabrik soʻzida yurtimizda taʼlim-tarbiya rivoji yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ularning amaldagi ijrosi, erishilayotgan yutuqlar xususida soʻz yuritdi. Oʻquvchilarga imkoniyatlardan samarali foydalanib, chuqur bilim olib, yuksak maqsadlarga intilib, kelgusida Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshadigan barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishlariga toʻla ishonishini bildirdi.

Darhaqiqat, bugun yurtimizda taʼlim-tarbiya tizimini tubdan yangilash, uni xalqaro talablarga mos darajaga olib chiqish davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Maktabgacha taʼlimdan tortib oliy taʼlimgacha boʻlgan barcha bosqichlarda izchil islohotlar olib borilmoqda.

Zamonaviy maktablar, bolalar bogʻchalari va oliy taʼlim muassasalari binolari qurilmoqda, mavjudlari esa kapital taʼmirlanib, oʻquvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Birgina joriy yilning oʻzida Amudaryo tumanida investitsiya dasturiga asosan Choykoʻl ovulidagi 59-sonli maktabda umumiy qiymati 4 milliard 687 million soʻmlik qurilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu loyiha doirasida 180 oʻquvchi oʻrinli 2 qavatli oʻquv binosi va 12x24 metr oʻlchamli sport zali bunyod etilmoqda.

Shuningdek, 2025-yilgi investitsiya dasturi asosida Boʻzyop ovulidagi 68-sonli maktabga qiymati 5 milliard 950 million soʻmlik yangi binolar qurilmoqda. Loyihaga koʻra, 330 oʻquvchi oʻrinli 3 qavatli oʻquv binosi va 12x24 metr oʻlchamli sport zali qurilishi jarayonlari yuqori surʼatlarda davom etmoqda.

Barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari binolari 2025-2026 oʻquv yiliga oʻquvchilarni qabul qilishga tayyor holatga keltirilib, mahalliy byudjet va homiylik mablagʻlari hisobidan barcha maktablarning sinf xonalari toʻliq kosmetik taʼmirlangani oʻquvchilar uchun qulayliklar yaratmoqda.

Sohadagi bu islohotlarning barchasi yosh avlodni barkamol, yuksak bilimli, keng dunyoqarashli qilib tarbiyalashga, ularda Vatanga sadoqat hissini va milliy gʻururni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Zero, bugungi oʻquvchi — ertangi yetuk mutaxassis, ilm-fan egasi, xalqimizning yorqin kelajagini bunyod etuvchi insondir.

2-sentyabr sanasi bu faqat yangi oʻquv yilining boshlanishi emas, ezgu orzular, ulkan maqsadlar sari yoʻl ochuvchi, qalblarda umid va ishonch uygʻotuvchi bayramdir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026