MEHNAT YaRMARKASI — AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLAŞDA IJOBIY YeÇIM
Joriy yilning 27-avgust kuni Amudaryo tumani Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi tomonidan tuman hokimligi va tuman Prokuraturasi bilan hamkorlikda böş iş örinlari mehnat yarmarkasi hamda oliy taʼlim bitiruvçilari uçun “Karera kuni” tadbiri ötkazildi.
Yarmarka işida Amudaryo tumani hokimi örinbosari, investitsiya va taşqi savdo bölimi boşliği Hamza Haytimbetov, Amudaryo tumani prokurori, adliya maslahatçisi Bahram Maşaripov, tuman prokurori yordamçisi Sanjar Abdullayev, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Amudaryo tumani bölimi boşliği, 2-darajali huquqşunos Medetbay Ismetullayev, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti filologiya fakulteti dekani Mahsud Qurbaniyazov, Amudaryo tumani IIB huzuridagi Probatsiya bölimi boşliği Azamat Ortiqov, IIB xotin-qizlar bilan işlaş böyiça inspektori Inobat Örazmatova hamda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti vakillari, Amudaryo tumanidagi 1- va 2-sonli politexnikumlar öqituvçilari hamda boşqa hamkor taşkilotlar va tijorat banklari vakillari qatnaşdilar.
Şuningdek, mehnat yarmarkasida 48 nafar işsiz fuqarolar, probatsiya hisobida turgan fuqarolar, aliment tölovçilar, nogironligi bölgan şaxslar, maktab, oliy öquv yurtlari va texnikumlar bitiruvçi yoşlar uçun tumandagi 50 ta korxona va taşkilotlar tomonidan 190 ta böş iş örinlari taqdim etildi.
TADBIRNING ASOSIY MAQSADLARI
Yarmarkani Amudaryo tumani Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi boşliği vazifasini vaqtinça bajaruvçi Rahmonjon Şomuratov oçdi. U aholi bandligini taʼminlaş maqsadida bölim mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan işlar, davlatimizning beqiyos ğamxörligi, yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar hamda ssudalar töğrisida batafsil maʼlumot berdi.
Tadbir davomida tuman prokurori, adliya maslahatçisi B. Maşaripov yarmarka iştirokçilariga yurtimizda amalga oşirilayotgan demokratik islohotlar mazmun-mohiyatiga köra, butunlay yangi bosqiçga kötarilganligini, ötgan davrda inson qadrini uluğlaş, fuqarolarning mehnat qiliş va tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirişi uçun yaratilayotgan şaroitlar, berilayotgan imtiyozlar bugun yuqori natija berayotganini alohida eʼtirof etdi. Ayniqsa, yaqin vaqtlargaça aholining ehtiyojmand qatlamiga, aynan ularni iş bilan taʼminlaş masalasiga yetarliça eʼtibor berilmaganligi töğrisida söz yuritdi. Aholi, ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlarda zamonaviy kasb va tadbirkorlik könikmalarini şakllantirişda hamda kasblarga öqitiş tizimida tub özgarişlar amalga oşirilayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladi. Jumladan, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tasarrufida köplab kasb-hunarga öqitiş markazlari, kasb-hunarga öqitiş maskani, “Işga marhamat” monomarkazi faoliyati yölga qöyilganligi aholi uçun qulaylik yaratayotgani haqida keng töxtaldi.
Şundan söng yarmarka iştirokçilariga Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi xodimlari tomonidan böş iş örinlari va ularga aholini işga joylaştiriş, işsiz aholini kasb-hunarga öqitiş, öz xohiş-istaklariga köra, xorijiy davlatlarga işga joylaştiriş, ularning mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini taʼminlaş masalalari böyiça huquqiy maslahat va maʼlumotlar olişlari uçun barça şaroitlar, jumladan, videoroliklar, bannerlar, broşyuralar, bukletlar taşkil qilindi.
YaRMARKA NATIJALARI
Yarmarkada 28 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi. Ulardan 1 nafari mehnat muhojiri, 17 nafari oliy taʼlim bitiruvçilari, 1 nafar fuqaro jazoni ijro etiş muassasasidan ozod qilingan şaxs, 9 nafari işsiz fuqarolar bölib, barçasining işonçli tarzda bandligi taʼminlandi.
Bundan taşqari, 20 nafar fuqarolarga mehnat qonunçiligiga oid hamda vacancy.argos.uz saytlarida eʼlon qilingan böş iş örinlariga ötkaziladigan tanlovlar böyiça huquqiy maslahat va yordamlar berildi.
Yarmarka davomida bölim xodimlari tomonidan böş iş örinlari, ularga aholini işga joylaştiriş böyiça 18 nafar fuqaroga, işsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş böyiça 11 fuqaroga, aholini xorijiy davlatlarda işga joylaştiriş böyiça 12 fuqaroga, aholining mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini taʼminlaş böyiça 6 fuqaroga huquqiy maslahatlar, kerakli maʼlumot va tavsiyalar taqdim etildi.
Aholining ijtimoiy faolligini oşiriş, özlari uçun maʼqul bölgan kasb-korlarni egallab, özi va oilasining doimiy daromadga ega bölişlarini taʼminlaş borasidagi intilişlarini qöllab-quvvatlaş, pirovardida ularning hayotdan rozi yaşaşlariga kömaklaşiş borasidagi bu kabi xayrli işlar Amudaryo tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi tomonidan 2025-yil davomida tizimli ravişda amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, şu kuni aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolarga yeçim topiş maqsadida Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi boşliği vazifasini vaqtinça bajaruvçi Rahmonjon Şomuratov tomonidan tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi binosida sayyor qabul ham ötkazildi.
Sayyor qabulda fuqarolarning mehnat nizolari, bandlik, kredit, subsidiya va ssuda masalalari böyiça murojaatlari qabul qilinib, barça murojaatlarga huquqiy yeçim topiş çoralari körildi.
RAVŞAN BAHROMOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶