Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Amudaryo tuman kengaşining III plenumi ötkazildi
Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Amudaryo tuman kengaşining III plenumi bölib ötdi. Unda partiyaning 2025-yil birinçi yarim yilligida amalga oşirilgan işlari sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Plenumda partiya Amudaryo tuman kengaşi aʼzolari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesidagi ÖzXDP fraktsiyasi, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşidagi partiya guruhi aʼzolari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Plenum avvalida Özbekiston XDP Amudaryo tuman kengaşi raisi Ortiqboy Ernafasov hisobot davrida amalga oşirilgan işlar haqida maʼruza qildi. Taʼkidlanişiça, partiyaning saylovoldi dasturi ijrosini taʼminlaş maqsadida qator loyiha va aktsiyalar ötkazilgan. Jumladan, “Deputat mahallada”, “Quvonç va mehr ulaşaylik!”, “Salomatlik aktsiyasi”, “Siyosatdagi yoşlar”, “Safimizdagi yoşlar”, “Yoşlarga kömak”, “Soğlom oila – soğlom jamiyat” kabi 40 dan ortiq tadbirlar taşkil etilib, ularda 2 mingga yaqin fuqaro qamrab olingan.
Şuningdek, aholi muammolarini örganiş va ularni hal etişga alohida eʼtibor qaratilgan. Partiyaning “Jamoatçilik qabulxonalari”ga kelib tuşgan 39 ta murojaatning 36 tasi (92 foizi) ijobiy hal etilgan. Bundan taşqari, partiya guruhi taşabbusi bilan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan 3 ta muhim masala sessiya kun tartibiga kiritilib, tegişli qarorlar qabul qilingan.
Plenumda kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Tadbir söngida partiya safiga yangi qabul qilingan aʼzolarga aʼzolik guvohnomalari topşirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶