Mahallalarda xavfsizlikni taʼminlaş: zamonaviy yondaşuv va amaliy natijalar
Prezidentimizning şu yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori xavfsizlik sohasida yangi bosqiçni boşlab berdi. Bu muhim hujjat asosida Qoraqalpoğiston Respublikasida keng qamrovli profilaktik işlar olib borilmoqda va jamiyatning barça qatlamlarini qamrab olgan kompleks tizim yaratilmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi qöriqlaş boşqarmasi, hududlardagi “Mahalla yettilik”lari hamda IIB xodimlari örtasidagi uzviy hamkorlik tufayli “Xavfsiz şahar” va “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida “Xavfsiz va soğlom el” tezkor profilaktik-tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda. Bu kabi tadbirlar jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini olişda muhim vosita bölib, fuqarolarning tinç-osoyişta yaşaşiga zamin yaratmoqda.
Soha mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan tuşuntiriş-tarğibot işlari fuqarolarning xavfsizlik böyiça tuşunçalarini oşiribgina qolmay, ularni zamonaviy qöriqlaş vositalaridan foydalanişga rağbatlantirmoqda. Yaqinda Amudaryo tumani IIB va qöriqlaş bölimi xodimlari tomonidan Boyovul mahalla fuqarolar yiğini hamda tuman dehqon bozori atrofida ötkazilgan tadbirlar bu boradagi işlarning amaldagi ifodasi böldi.
Tadbir davomida fuqarolarga jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, öğirlik jinoyatlariga yöl qöymaslik maqsadida qöriqlaş xizmatining afzalliklari töğrisida batafsil maʼlumot berildi. Soha xodimlari mahallalarda joylaşgan köp qavatli uylarda yaşovçi fuqarolar bilan alohida uçraşuvlar ötkazib, ularga zamonaviy qöriqlaş signalizatsiya uskunalaridan foydalanişning muhim jihatlari haqida tuşuntiriş işlarini olib bordi. Bu vositalar birinçi navbatda fuqarolarning xavfsizligi va tinçligini taʼminlaşda muhim rol öynaşi, şuningdek ularning mol-mulkini himoya qilişda işonçli vosita bölib xizmat qilişi taʼkidlandi.
Bugungi kunda Amudaryo tumani Qöriqlaş bölimi Texnik qöriqlaş markazi tomonidan 510 ta obʼekt va 340 ta fuqaro uyi işonçli qöriqlanib kelinmoqda. Bu körsatkiçlar tumanda xavfsizlik tizimining puxta taşkil etilganligidan dalolat berib, aholining bu sohaga bölgan işonçining amaliy isbotidir. Ötkazilgan tarğibot işlari davomida jami 54 turdagi xizmat körsatuvçi obʼektlar va 10 dan ortiq fuqarolarning yaşaş uylari himoyaga olindi.
Aytiş joizki, qöriqlaş tizimida qöllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar fuqarolarning mol-mulki va şaxsiy xavfsizligini taʼminlaşda muhim rol öynamoqda. Signalizatsiya tizimlari, videokuzatuv kameralari va boşqa texnik vositalar yordamida har qanday xavfli vaziyatlarni oldindan aniqlaş va tegişli çoralarni köriş imkoni yuzaga keladi. Soha mutaxassislari taʼkidlaşiça, zamonaviy qöriqlaş tizimlari nafaqat jinoyatçilikning oldini olişda, balki sodir bölgan holatlarni tezkor hal etişda ham katta samara beradi. Bu tizimlar 24 soat davomida işlab, darhol signal beriş orqali va amaliy çora qöllaşga imkon yaratgani sababli fuqarolarga doimiy xavfsizlik hissini bağişlamoqda.
Tumanda xizmat körsatayotgan tadbirkorlik obʼektlari va savdo şoxobçalarida zamonaviy qöriqlaş signalizatsiya uskunalaridan unumli foydalaniş böyiça tuşuntiriş işlari davom etmoqda. Köpçilik tadbirkorlar bunday xizmatlardan foydalaniş böyiça özlarining ijobiy takliflarini bildirib, obʼektlarini soha xodimlari tomonidan qöriqlaşga topşirmoqda.
Xavfsizlik masalalarida jamiyat va davlat organlari örtasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etib, fuqarolarning faol iştiroki va davlat organlarining professional faoliyati birgalikda yuqori natijalarga erişişga imkon beradi. “Mahalla yettilik”lari va IIB xodimlarining birgalikdagi işlari natijasida hududlarda jinoyatçilik körsatkiçlari sezilarli darajada kamaymoqda. Qolaversa, bu kabi tarğibot işlari ham izçil ravişda davom ettirilayotgani kelajakda xavfsizlik tizimining yanada mustahkamlanişiga va barça hududlarni qamrab olişga xizmat qiladi.
Şuni ham taʼkidlaş kerakki, zamonaviy dunyoda xavfsizlik tizimlari nafaqat jinoyatçilikning oldini oliş vositasi, balki jamiyatning barqaror rivojlanişi uçun zarur şart sifatida qaralmoqda. Bu borada mamlakatimizda aholining taşabbuskorligi va davlat dasturlarining maqsadli amalga oşirilişi muhim rol öynamoqda. Xavfsizlik tizimini mustahkamlaş yölida qöllanilayotgan kompleks yondaşuv esa kelajakda yanada keng qamrov kasb etib, yuksak natijalarga erişiş imkonini beradi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶