"KORRUPTsIYa — DAVLAT VA JAMIYaT TARAQQIYoTIGA TAHDID" GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TAʼLIM SOHASI XODIMLARI IŞTIROKIDA TADBIR ÖTKAZILDI
Inson borki, ezgu orzular bilan yaşaydi: hallollik, adolat ustuvor, imkoniyatlar tengligi taʼminlangan jamiyatni barpo etiş va ana şu jamiyatning baxtli aʼzosi böliş umidi uni heç qaçon tark etmaydi. Biroq köpinça bu orzu-umidlarimizning röyobga çiqişi juda qiyin keçadi. Byurokratik tösiqlar, manfaatlar töqnaşuvi, firibgarlik holatlar bu jarayonlarni yanada çigallaştiradi. Korruptsiya – ana şunday tösiqlarni keltirib çiqaruvçi, adolatli jamiyat quriş yölidagi eng yomon illatdir.
2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni talablariga köra, mamlakatimizda oçiqlik va şaffoflik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korruptsiyaning oldini olişga doir çora-tadbirlar ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Amudaryo televideniyesi tahririyatining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi Qoraqalpoğiston bölinmasi tomonidan moliyalaştirilgan “Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusidagi grant loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan tarğibot-taşviqot tadbirlari ham aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş, jamiyatda korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatni şakllantirişga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana şunday tarğibot-taşviqot tadbirlaridan biri joriy yilning 15-avgust sanasida Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 76-sonli umumtaʼlim maktabida ham ötkazilib, unda Amudaryo tuman prokurori katta yordamçisi Oğabek Erkuliyev, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuratov, “Yusuf Eşon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsapayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va mahalliy Kengaş deputatlari, umumtaʼlim maktablarining direktorlari, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosarlari, taʼlim sohasi faollari hamda OAV vakillari iştirok etdilar.
Tadbirni tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuratov oçdi va mamlakatimizda barça sohalarda, şu jumladan taʼlim tizimida korruptsiyaga qarşi kuraşiş va uning oldini oliş çoralarini amalga oşiriş, har qanday körinişdagi qonunbuzarlik holatlari uçun javobgarlik muqarrarligi yuzasidan keng qamrovli tuşuntiriş işlari olib borilayotgani hususida batafsil söz yuritdi. Ayniqsa, ösib kelayotgan yoş avlod ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantirişda pedagoglarning örni muhimligini taʼkidladi.
Tadbir davomida “Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi koordinatori Robiya Yöldoşeva sözga çiqib, mazkur loyihaning mazmun-mohiyati va uni amalga oşirişdan kutilayotgan natijalar hususida batafsil maʼlumotlar berdi. Şu bilan birga, jamiyat taraqqiyoti va insonlarning orzu-niyatlarini amalga oşiriş yölidagi eng katta tösiq – korruptsiya illatiga qarşi kuraşişda taʼlim-tarbiya sohasi xodimlari bilan davlat va jamoat taşkilotlari hamda OAVning hamkorligi bu borada ijobiy natijalar berişi qayd etildi.
Şundan söng, Amudaryo tuman prokurorining katta yordamçisi Oğabek Erkuliyev korruptsiyaga qarşi kuraşiş borasida mamlakatimiz qonunçiligidagi normalar, uşbu yönalişda olib borilayotgan kuraş çoralari va nazorat tadbirlari haqida maʼruza qildi.
U öz maʼruzasida korruptsiyaga qarşi kuraşiş – bu faqat davlatning, huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining işi emas, balki har bir ongli insonning, ayniqsa, taʼlim-tarbiya sohasi xodimlarining zimmalaridagi majburiyat ekanligini taʼkidladi. Yaʼni, halol yaşaşni tanlaş, qonun asosida iş yuritişni talab qiliş, har qanday vaziyatda haqiqatni aytiş bu boradagi kuraşişning eng samarali usuli bölib, unga amal qiliş har bir insonning burçi bölişi lozimligini taʼkidladi va barçani ana şu burç masʼuliyatini har doim his etib yaşaşga daʼvat etdi.
Şuningdek, tadbirda sözga çiqqan tuman boş imom-xatibi Abdurahmon Matsapayev korruptsiyaga qarşi kuraşişdagi islomiy hukmlar töğrisida, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, 40-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Sanobar Xöjamurotova esa korruptsiyaga qarşi kuraşişda milliy-maʼnaviy qadriyatlarning ahamiyati, bolani juda yoşligidan yolğon sözlamaslik, özganing narsasiga egalik qilişga intilmaslikka örgatiş, firibgarlik bilan mol-dunyo orttirişga moyil bölişning salbiy oqibatlarini tuşuniş ruhida tarbiyalaş borasidagi hayotiy misollar bilan öz fikrlarini bildirdilar.
Darvoqe, bugungi kunda mamlakatimizda korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça muhim va jiddiy qadamlar qöyildi. Xususan, davlat xizmatlarining raqamlaştirilişi, OTMlarda test sinovlari va xodimlarni işga qabul qilişning şaffofligi, OAV hamda blogerlarning erkinligi. Lekin bular korruptsiyadek jirkanç illatga qarşi kuraşişda yetarli emas. Asosiy özgariş va murosasizlik insonlar ongida bölişi kerak. Ösib kelayotgan yoş avlod hallolllikni qadrlaşni, har qanday holatda haqiqatni sözlaşi va noqonuniy yöllar bilan boylik orttirişdan tiyilişi şart. Ana şundagina biz yuksak taraqqiy etgan korruptsiyasiz demokratik jamiyatni barpo etamiz.
Ravşan Bahromov, grant loyihasi koordinatori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶