Tarbiyaçi-pedagoglar mahoratini oşiriş – bolalar kamoloti garovi
Maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyaçi-pedagoglarining bilim va malakalarini tizimli turda oşirib boriş, ayniqsa, tarbiyalanuvçilarni yilning tört fasliga monand ravişda taʼlimiy va tarbiyaviy maşğulotlar bilan qamrab oliş maqsadida Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mutaxassislari tomonidan seminar-öquv maşğulotlari taşkillaştirilmoqda. Bu kabi özaro tajriba almaşuv tadbirlari muhim tarbiyalanuvçilarni xavfsiz ovqatlantiriş va şu asosda ularning yoş toifalariga mutanosib ravişda öyin maşğulotlariga jalb etilişini taʼminlaş, çiniqtiriş imkonini bermoqda.
Ayni paytda maktabgaça taʼlim taşkilotlarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi yozgi soğlomlaştiriş oyligi uçun rejalaştirilgan seminar-öquv maşğulotlari olib borilib, bu maşğulotlarda tarbiyaçi-pedagoglarning kasbiy mahoratlarini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 13-avgust sanasida Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 23-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida bölib ötgan seminar ham maktabgaça taʼlim taşkilotlarida taʼlim va tarbiya sifatini yanada yaxşilaş va tarbiyaçilarning kasbiy mahoratini oşiriş masalalariga bağişlandi.
Körgazmali öquv- seminarda bolalarni yoz mavsumiga mos xavfsiz ovqatlantiriş, turli jismoniy va aqliy maşqlarni bajarişlarida yoz mavsumining öziga xos iqlim şaroitidan kelib çiqqan holda öyinlarni rejalaştiriş, ularning issiq haroratda toliqib qolişlarining oldini oliş, aqlan va jismonan çiniqişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş borasida özaro tajriba almaşuvlar hamda mahoratli tarbiyaçi-pedagoglarning foydali tavsiyalari böyiça maşğulotlar olib borildi.
Tadbirda Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining metodisti Saule Patullayeva, davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari rahbarlari, tumanning Qipçoq hududida faoliyat olib boruvçi davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarining tarbiyaçi-pedagoglari va yordamçi tarbiyaçilari iştirok etişdi.
Körgazmali öquv seminarni Maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş şuʼbasi metodisti Saule Patullayeva oçdi va tadbirni ötkazişdan közlangan maqsad hamda kutilayotgan natijalar xususida iştirokçilarga batafsil maʼlumotlar berdi. Xususan, maktabgaça yoşdagi bolalarning öquv-tarbiyaviy jarayonini taşkil etiş va amalga oşiriş böyiça belgilangan reja va topşiriqlarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi. Şuningdek, uşbu vazifalarni amalga oşirişda tarbiyaçilarning amaliy könikmalarini rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, 23-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti tumandagi namunali taʼlim-tarbiya muassasalaridan biri bölib, bu yerda 6ta guruhda 170 nafar kiçkintoy tarbiyalanmoqda. Ulardan 4 tasi asosiy, 2 tasi qisqa guruhlar bölib, bolajonlarning yayrab ösişlari uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan. Muassasada 28 nafar malakali xodimlar zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya berişmoqda. 7nafar tarbiyaçi-pedagog va 6 nafar yordamçi tarbiyaçilar, şuningdek, 2 nafar ingliz va rus tili öqituvçilari, malakali musiqa öqituvçisi, jismoniy tarbiya yöriqçisi ham samarali faoliyat olib bormoqda. Muassasada yölga qöyilgan öziga xos tartib-intizom tufayli yil davomida mavsumiy öyin-maşğulotlari, bolalarni xavfsiz ovqatlantirişga qaratilgan rejaviy çora-tadbirlarning sifatli amalga oşirilişiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Bölib ötgan körgazmali öquv- seminari davomida iştirokçilar mazkur muassasada tarbiyaçi-pedagoglar tomonidan amalga oşirilayotgan taʼlim-tarbiya işlari bilan yaqindan tanişdilar. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida, yozgi soğlomlaştiriş oyligi uçun belgilangan rejaviy-maşğulotlarni taşkillaştiriş, ötkazilayotgan mavsumiy öyin-maşğulotlarining turlari, mavsumga mos ravişda maşğulotlarni rejalaştiriş böyiça şaxsiy tajribalari, qimmatli maslahattlari hamda tavsiyalari seminar iştirokçilarida katta taassurot qoldirdi.
Yozgi davr bolalar uçun nafaqat miriqib dam oliş, balki ularning soğligini mustahkamlaş, tabiat bilan yaqindan aloqa qiliş, ekologik madaniyatini şakllantiriş, yangi könikmalarni egallaş va ijtimoiy munosabatlarini mustahkamlaş uçun qulay imkoniyatdir. Bu borada soha vazirligi tomonidan yoz mavsumida amalga oşiriladigan taʼlim-tarbiya işlari, amaliy maşğulotlarni töğri taşkil etiş böyiça zarur qöllanma va tavsiyalar işlab çiqilgan bölib, körgazmali öquv-seminarida uşbu qöllanma va tavsiyalar asosida 23-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçilarining olib borayotgan taʼlimiy va tarbiyaviy işlari ham örganildi.
Iştirokçilar 5 ta guruhga bölinib yozgi soğlomlaştiriş işlari hamda yoz mavsumida ötkazilayotgan aqliy va jismoniy maşğulotlarni, musiqiy dam oliş soatlarini taşkillaştiriş jarayonlarini kuzatdilar hamda bu borada özaro tajriba almaşdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶