16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:11
Siyosat 👁 683

"DOLZARB 90 KUN" LOYIHASI DOIRASIDA AMUDARYoLIK YoShLARGA TERMIZ ShAHRIDAGI "YoSh ChEGARAChILAR" AKADEMIK LITsEYI HAQIDA MAʼLUMOTLAR BERILDI

"DOLZARB 90 KUN" LOYIHASI DOIRASIDA AMUDARYoLIK YoShLARGA TERMIZ ShAHRIDAGI "YoSh ChEGARAChILAR" AKADEMIK LITsEYI HAQIDA MAʼLUMOTLAR BERILDI

Barchamizga maʼlumki, 2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz rahbarligida maktab taʼlimi tizimidagi islohotlarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda taʼlimning barcha bosqichlariga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yoshlar tarbiyasi va ularning salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu videoselektor  yigʻilishida  Prezidentimiz  tomonidan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi eʼlon qilinib, mazkur dastur yoshlarda ijtimoiy faollikni oshirish, ularning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, madaniy-maʼnaviy saviyasini yuksaltirishga xizmat qilishi taʼkidlanib, shu munosabat bilan  yozgi taʼtil paytida oromgohlarda dam olayotgan, "Barkamol avlod" bolalar markazlari hamda hududlardagi madaniyat muassasalari huzuridagi toʻgaraklarda shugʻullanayotgan turli yosh toifasidagi oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etish, milliy-maʼnaviy ruhdagi davra suhbatlari, ular qalbida vatanparvarlik, millatlararo totuvlik tuygʻularini shakllantirishga xizmat qiluvchi uchrashuvlar oʻtkazish, bu uchrashuvlarga Milliy armiyamiz zobitlarini, taniqli yozuvchi va shoirlarni, oʻzlarining yuksak bilim va qobiliyatlarini amalda namoyon etib, tengdoshlariga namuna boʻlayotgan yoshlarni  taklif etish ularning  hayotiy tajribalarini  keng targʻib qilish  koʻzda tutilgan edi.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 25-iyul sanasida Amudaryo tumani Madaniyat markazi binosida tuman yoshlari   ishtirokida "Dolzarb 90 kun" doirasida targʻibot va tashviqot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Termiz shahrida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli "Yosh chegarachilar" harbiy akademik litseyi direktori Muzaffar Norqobilov, DXX chegara qoʻshinlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi harbiy qismlari zobitlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mansur Oʻrazboyev, "Yosh chegarachilar" harbiy akademik litseyining amudaryolik namunali oʻquvchisi Mirjalol Maratov hamda tuman yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Termiz shahrida joylashgan "Yosh chegarachilar" harbiy akademik litseyi direktori Muzaffar Norqobilov va boshqalar qayerdaki vatanparvarlik, xalqparvarlik, millatlararo totuvlik tuygʻulari kuchli boʻlsa, oʻsha jamiyat har tomonlama ravnaq topishini, hech qanday tashqi taʼsirlar bu maʼnaviy birlikka putur yetkazmasligini alohida taʼkidladilar. Shu bilan birga, yoshlarni ilm olishga, kasb-hunar oʻrganishga daʼvat etdilar. Ayniqsa, "Yosh chegarachilar" harbiy akademik litseyi direktori Muzaffar Norqobilovning harbiy akademik litseyda yaratilgan shart-sharoitlar, qabul kvotasi, kirish imtihonlari, harbiy akademik litsey bitiruvchilari orasidan yetishib chiqqan jasoratli Vatan himoyachilari, ularning Ona Yurt sarhadlarini himoya qilish borasidagi qahramonliklari haqidagi soʻzlari yoshlarda katta taassurotlar qoldirdi.

Tadbir davomida "Yosh chegarachilar" harbiy akademik litseyi faoliyati, litsey oʻquvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim-tarbiya va  harbiy- amaliy mashgʻulotlar, litseyda rejaviy-jadval asosida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar xususida hikoya qiluvchi videorolik ham namoyish etildi. Videorolik namoyishidan soʻng yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va barcha savollariga masʼullar tomonidan  javoblar oldilar.

Boʻlib oʻtgan mazkur tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga muhabbat tuygʻularini shakllantirishga hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026