“Nodavlat notijorat taşkilotlari uyi”da “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri ötkazildi
Sönggi yillarda yurtimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş, jumladan, nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oşirilmoqda. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida NNTlarning örni va taʼsiri tobora ortib bormoqda. Ular jamiyatdagi dolzarb muammolarni keng jamoatçilikka yetkaziş, fuqarolarning huquqiy bilimini yuksaltiriş, aholining faolligini oşiriş, atrof-muhit muhofazasi, taʼlim va tibbiyot kabi qator sohalarda muhim taşabbuslarni ilgari surmoqda.
Ana şunday jarayonda NNTlarning huquqiy bilim va maslahatlarga bölgan ehtiyojini qondiriş, ularning faoliyatida uçrayotgan muammolarni örganiş va yeçim topiş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasida “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri ötkazildi.
Nukus şahridagi “Nodavlat notijorat taşkilotlari uyi”da taşkil etilgan mazkur tadbir Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasining Qoraqalpoğiston hududiy bölinmasi hamda “Madad” NNT Nukus şahar huquqiy byurosi hamkorligida amalga oşirildi. Tadbirda Qoraqalpoğistonda faoliyat yuritayotgan bir qator NNTlar, fuqarolik jamiyati institutlari va faol fuqarolar iştirok etdi.
Oçiq muloqot şaklida ötgan tadbirda iştirokçilar özlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan bevosita mutaxassislardan huquqiy maslahatlar oliş imkoniga ega bölişdi. Xususan, NNTlar tomonidan huquqbuzarlik holatlari aniqlanganida yuzaga keladigan javobgarlik masalalari, hisobotlarni töğri va şaffof yuritiş, faoliyatlari bilan boğliq hujjatlarni rasmiylaştiriş, davlat tomonidan belgilangan imtiyozlar va boşqa qonuniy meʼyorlar haqida batafsil tuşuntirişlar berildi.
“Oçiq eşiklar kuni” tadbiri iştirokçilari NNT faoliyatida uçraydigan huquqiy muammolar yuzasidan yakka tartibda maslahat oliş imkoniyatiga ega böldilar. Şuningdek, iştirokçilarga qonunçilikdagi yangiliklar, davlat tomonidan taqdim etiladigan imtiyozlar va qöllab-quvvatlaş mexanizmlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilişining oldini oliş, hisobotlarni tayyorlaş va yuritişda yöl qöyiladigan xatolar va ularni bartaraf etiş yöllari borasida ham tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur tadbir NNTlarning faoliyatini yanada samarali yölga qöyiş, huquqiy asoslardan töğri foydalaniş va ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlaşda muhim qadam böldi. Fuqarolik jamiyatini şakllantirişda, inson huquqlarini himoya qilişda, ijtimoiy adolatni taʼminlaşda nodavlat notijorat taşkilotlarining iştiroki tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶