ÇOYKÖL OVULIDA "BIZ KORRUPTsIYaGA QARŞIMIZ!" GRANT-LOYIHASI DOIRASIDA UÇRAŞUV ÖTKAZILDI
Korruptsiya — jamiyat taraqqiyotining kuşandasi, demokratik islohotlar yölidagi jiddiy tösiqdir. Bu illat — xalqona tilda aytganda, firibgarlik, tovlamaçilik, manfaatlar töqnaşuvi, oşna-oğaynigarçilik, uruğ-aymoqçilik, poraxörlik kabi körinişlarda namoyon böladi va "xufiyona iqtisodiyot"ning ildiz otişiga zamin yaratadi, jamiyatda tenglik, işonç va adolat tamoyillariga putur yetkazadi.
Korruptsiya ildiz otgan davlatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar kuçayib, hatto xorijiy investitsiyalarning kirib kelişiga xavf soladi. Ijtimoiy jihatdan esa fuqarolar orasida tengsizlik muhitini yuzaga keltiradi. Ayniqsa, soğlikni saqlaş, taʼlim sohalari hamda ijtimoiy taʼminot tizimidagi poraxörlik ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan aholi qatlamlarining tibbiy, taʼlimiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini çeklaydi.
Bu kabi korruptsion holatlar davlat xizmatçilarining öz mansab-mavqeidan şaxsiy maqsadlarda foydalanişi bilan boğliq jinoyat turi hisoblanadi va bu jinoyatga qarşi kuraşiş har bir halol va vijdonli insonning zimmasidagi fuqarolik burçidir. Bu borada "Taraqqiyot közgusi" gazetasi tahririyatining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan "Biz korruptsiyaga qarşimiz!" grant-loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tajribali huquqşunoslar, jamoat taşkilotlari faollari va loyiha koordinatorlari hamkorligida taşkil etilayotgan uçraşuvlar va oçiq muloqot tadbirlarida malakali huquqşunoslar tomonidan aholi vakillarining huquqiy bilimlarini mustahkamlaş, korruptsiyaga qarşi kuraşişda hamjihatlik bilan harakat qilişga moyillik uyğotişga qaratilgan maʼruzalar öqilayotgani özining ijobiy samarasini bermoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri yaqinda Çoyköl ovul fuqarolar yiğini binosida ham ötkazilib, unda malakali huquqşunoslar, jamoatçilik faollari, Çoyköl OFY yettiligi aʼzolari va "Biz korruptsiyaga qarşimiz!" loyihasi koordinatorlari, jurnalistlar iştirok etdilar.
Jamiyatda korruptsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni şakllantirişga qaratilgan mazkur uçraşuvda loyiha koordinatorlaridan biri, jurnalist Şohzod Qurbonboyev tadbir iştirokçilariga "Biz korruptsiyaga qarşimiz!" loyihasini amalga oşirişdan közlangan maqsad va kutilayotgan natijalar xususida batafsil maʼlumot berdi. Şundan söng "Taraqqiyot közgusi" gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yöldoşeva korruptsiyaning tarixiy ildizlari, uning ijtimoiy-iqtisodiy zararlari, manfaatlar töqnaşuvi, ayniqsa, uruğ-aymoqçilik, firibgarlik, tovlamaçilik hamda jamiyatimizda çuqur ildiz otgan poraxörlik illatlari va ularning kelib çiqiş sabablari töğrisida hayotiy misollar tariqasida keng tuşunçalar berib, korruptsiyaga qarşi kuraşişning birdan-bir va asosiy yöli jamiyat aʼzolarida bu illatga nisbatan huquqiy immunitetni şakllantiriş ekanligini alohida taʼkidladi.
Uçraşuv davomida Amudaryo tumani Adliya bölimi Yuridik xizmat körsatiş Markazi boşliği Şavkat Vaisniyazov tadbir iştirokçilariga 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan "Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida"gi Özbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati haqida batafsil töxtalib, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar töqnaşuvi, poraxörlik kabi illatlar yuzasidan keng tuşunçalar berdi.
Şuningdek, mazkur Qonun ustuvorligini taʼminlaş maqsadida oçiqlik va şaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korruptsiyaning oldini olişga doir çora-tadbirlarning ustuvorligi hamda javobgarlikning muqarrarligi qonun bilan mustahkamlab qöyilganligi xususida batafsil maʼlumotlar taqdim etib, tumanimizda korruptsiyaga qarşi tizimli ravişda kuraş olib borilayotganini, bu borada tuman Adliya bölimining Yuridik xizmat körsatiş Markazi mutaxassislari aholiga huquqiy maslahatlar beriş orqali qöllab-quvvatlab kelayotganini qayd etdi.
Uçraşuvda sözga çiqqan Amudaryo tuman Içki işlar bölimi katta inspektori Inobat Örozmatova Özbekistonda sönggi yillarda korruptsiyaga qarşi kuraşiş borasida qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, ayniqsa, xotin-qizlarni korruptsion tahdidlardan himoyalaş borasida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan işlar töğrisida töxtalib, korruptsiyaga qarşi kuraşişda ayol-qizlarning rolini yanada oşiriş böyiça fikrlarini bildirdi.
Uçraşuvda Çoyköl ovuli ayollari tomonidan korruptsiyaga qarşi kuraşiş yuzasidan tuşgan huquqiy savollarga huquqşunoslar batafsil javoblar berdilar va bu kabi uçraşuvlar har bir fuqaroda korruptsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni şakllantiriş bilan birga jamiyatda huquqiy-ijtimoiy faollikni oşirişga xizmat qilişini alohida taʼkidladilar.
RAVŞAN BAHROMOV, loyiha koordinatori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶