Qaydasan?!
Jon döstim, şogirdim, ukam Ahmad Nafasovga
Ketdik desam, söramasding qayga deb,
Yaqingami yoki uzoq joyga deb.
Bu dunyo bir keldi-ketdi poyga deb,
Jon döstim, sen, şogird, ukam, qaydasan?!
Kim yeçadi savol senday bilimli,
Kim tuşunar mutoyiba tilimni?
Terib bölibmiding hayot gulingni,
Jon döstim, sen, şogird, ukam, qaydasan?!
Xabar aytding mudom uzoq-yaqindan,
Sodiq eding yaxşi-yomon çoğimdan.
Aqtiqlaring kutib olib Yapondan,
Jon döstim, sen, şogird, ukam, qaydasan?!
Senda edi döstlar gurung mazmuni,
Soğinişib yöyib turar haziling,
Jannat bölgay endi borar manziling,
Jon döstim, sen, şogird, ukam, qaydasan?!
Ötar, kelar qança yozlar, bahorlar,
Unutmagay suhbatingga xumorlar.
Qiyomatga qoldi endi diydorlar
Jon döstim, sen, şogird, ukam, qaydasan?!
Yurib eding bir orqayin tölişib,
Yaponlarga bormoqçiydik öngişib.
Yurar edik uzun-qisqa bölişib
Jon döstim, sen, şogird, ukam, qaydasan?!
Tursunboy Abdullayev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶