Ahmadjon NAFASOV
2025-yil 21-iyul kuni taniqli şoir, ijodkor, pedagog va jamoat arbobi Ahmadjon Nafasov 71 yoşida olamdan ötdi.
Uning hayot yöli ilm va maʼrifatga, adabiyot va ijodiyotga bölgan çeksiz muhabbatning yorqin namunasidir.
Ahmadjon Nafasov 1954-yilda Amudaryo tumanining Qizilçoli qişloğida tavallud topgan. Maktabni tugatgaç, 1971-1972-yillarda "Özbekiston" xöjaligida işçi bölib faoliyat yuritgan. 1973-1975-yillarda armiya safida xizmat qilgan. Otasi – tajribali öqituvçi Nafas Jamğurovga havas qilib bolaligidan kitob öqişga, adabiyotga mehr qöygan Ahmadjon Nafasov 1975-yilda Toşkent davlat universitetining filologiya fakultetiga öqişga kirdi. 1981-yilda uşbu oliygohni muvaffaqiyatli tamomladi.
1975-1981-yillarda yoşlar taşkilotida faoliyat olib borgan Ahmadjon Nafasov universitetni tugatgaç, öz qişloğidagi 9-sonli maktabda özbek tili va adabiyoti fanidan dars bera boşladi. Pensiyaga çiqquniga qadar uşbu taʼlim dargohida köplab şogirdlar tayyorlab, yoşlarning adabiyotga bölgan qiziqişini oşirişga, maʼnaviyatini yuksaltirişga munosib hissa qöşdi.
U 2009-yilda pensiyaga çiqqaniga qaramay, ijodiy faoliyatini töxtatmadi. Turli mavzularda gözal şeʼrlar, ğazallar yaratdi, publitsistik asarlar ustida işladi. Uning köplab şeʼrlari xonandalar ijrosida qöşiq bölib, har bir xonadonga kirib bordi. 2011-yilda ustozi Tursunboy Abdullayevning hayot va ijod yöliga bağişlangan "Salomçi – mening unvonim" nomli, 2018-yilda "Keldim dovonlar oşib" nomli kitoblari naşrdan çiqib, adabiyot, sanʼat va ijod ahlining yuksak eʼtirofiga sazovor böldi va kitobsevar xalqimizning maʼnaviy mulkiga aylandi.
2015-yildan boşlab "Jayxun ilhomlari" nodavlat notijorat taşkilotiga raislik qilib, yoş ijodkorlarni kaşf etiş, ularni qöllab-quvvatlaş va kitoblarini naşr etiş işlariga boş böldi. Uning saʼy-harakatlari bilan önlab yoşlarning mualliflik kitoblari naşrga tayyorlandi va çop qilindi. Yoş avlodning maʼnaviy dunyosini boyitiş va tafakkurini rivojlantiriş maqsadida uning taşabbusi bilan "Jayxun ilhomlari" nodavlat notijorat taşkiloti qoşida kutubxona taşkil qilinib, tumanning olis hududlarida ham köçma kutubxonalar faoliyati yölga qöyildi. Kitobsevar yoşlar safi oşib, kitobxonlik ommalaşdi.
Keyinçalik tumanimizdagi 2-sonli maktabda ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçi vazifasida işlab, yoş avlodni maʼnan barkamol etib tarbiyalaş, faol öquvçilarning ijodiy işlarini keng jamoatçilikka yetkaziş, muşoiralar, adabiy-badiiy tadbirlar, kitobxonlik va şeʼrxonlik keçalari taşkil etiş kabi işlarda faollik körsatdi. Maktabda "Yoş ijodkorlar" tögaragi faoliyatini yölga qöyib, yoşlarning iqtidorini rivojlantirişga munosib hissa qöşdi.
Ahmadjon Nafasov nuroniy sifatida mahalla va jamoatçilik işlarida ham faol iştirok etib, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlaştiriş, mehr-oqibat va hamjihatlik tuyğularini mustahkamlaşda jonbozlik körsatdi. Umr yöldoşi bilan 3 öğil va 2 qizni tarbiyalab, jamiyatga naf keltiradigan insonlar qilib voyaga yetkazdi.
Uning fidokorona mehnatlari munosib eʼtirof etilib, "Özbekiston Xalq maorifi aʼloçisi" va "Özbekiston mustaqilligining 25 yilligi" kökrak nişonlari bilan taqdirlandi.
Ahmadjon Nafasovning vafoti ijod ahli uçun oğir judolik böldi. Uning sermazmun umr yöli kelgusi avlodlarga ibrat bölib, gözal insoniy fazilatlari va porloq xotirasi qalblarimizda mangu yaşaydi.
"Taraqqiyot közgusi" gazetasi va "Amudaryo TV" telekanali tahririyatlari hamda
"Jayxun ilhomlari" NNT jamoasi, bir guruh ijodkor döstlari,
ustozlari va şogirdlari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶