Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida bitiruvçi-yoşlarga mutaxassislik diplomlari tantanali ravişda topşirildi
Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti mamlakat agrar tizimining asosiy yönalişlari böyiça yetuk mutaxassislar tayyorlaşga ixtisoslaşgan nufuzli taʼlim maskanlaridan biri sanaladi. Institutda taʼlim-tarbiya işlari jahon andozalariga mutanosib tarzda olib boriladi. Xususan, qişloq xöjaligiga yangi, innovatsion texnologiyalarni joriy etiş, paxtaçilik, ğallaçilik, pillaçilik, çorvaçilik kabi yönalişlarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlaşdan taşqari, tajriba-xöjalik laboratoriyalarida olib boriladigan ilmiy izlanişlarning ijobiy natijalarini agrar tizim bilan integratsiyalaşgan holda amaliyotga keng joriy etişda bilimdon, izlanuvçan talabalar iştirokini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratiladi.
Yaqinda 2021 – 2025 öquv yillari oraliğida institutda özlarining alohida bilim va salohiyatlari va intilişlari orqali ustozlarining bergan bilimlarini qunt bilan özlaştirib, institutni muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvçi-talabalarga mutaxassislik diplomlarini topşirişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Tantanali marosimda institut rektori Berdiyar Jollibekov, prorektorlar, fakultetlar dekanlari, institut pedagogika jamoasi, professor-öqituvçilar, bitiruvçi-yoşlar va ularning ota-onalari iştirok etdilar.
Tadbirni institut rektori Berdiyar Jollibekov oçdi va bitiruvçilarni samimiy tabrikladi. U öz sözida mamlakatimizda yoşlarning har tomonlama çuqur bilim olişlari, bakalavriyat tahsilidan söng öqişni keyingi bosqiçlarda muvaffaqiyatli davom ettirişlari, xususan, özlarining ilmiy salohiyatlarini röyobga çiqarişlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar, davlatimizning bilimdon yoşlarga körsatayotgan çeksiz ğamxörligi xususida batafsil töxtaldi.
Şu bilan birga öz hayotlarining yangi bosqiçiga qadam qöyayotgan bitiruvçi-yoşlarga, albatta, uşbu dargohda ötgan har bir kunda ustozlaridan olgan nazariy bilim va amaliy tajriba ularning kelajak hayot yöllarida tayanç bölişini alohida taʼkidlab, institut tahsilini olgan bugungi yoşlar mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligiga munosib hissa qöşişiga işonç bildirdi hamda kelajakdagi maqsadlariga erişişlarida özaro hamjihatlikka daʼvat etdi.
Şundan söng, institutning barça fakultetlarida tahsil olgan va özlarining namunali xulq-atvorlari, kuçli bilim va salohiyatlari bilan öqişda hamda jamoat işlarida eng yuqori natijalarga erişgan bitiruvçilarga mutaxassislik diplomlari va esdalik sovğalari topşirildi.
Tantanali marosim davomida sözga çiqqan bitiruvçi-yoşlarning ota-onalari va tadbir mehmonlari institutut pedagogika jamoasiga, ayniqsa, özlarining xalqaro darajadagi bilim va tajribalari orqali farzandlarining yetuk mutaxassis kadrlar bölib yetişişlarida fidoyilik körsatgan professor-öqituvçilarga çuqur minnatdorçilik bildirdilar.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶