Ozod yurtning baxtiyor bolalarimiz
Inson hayotining eng gözal damlari bu - şubhasiz, bolalik damlaridir. Bolalik - çeksiz orzularga, ezgu niyatlarga töla beğubor fasldir. Bolalik çoğlardagi ozgina mehr, himoya bola qalbida kelajakka işonç uyğotadi. Kelajagi buyuk, mustaqil Özbekistonimizda ham bola huquqlari davlat himoyasida, bolalar uçun barça şaroitlar muhayyo.
Konstitutsiyamizda "Har bir bola uçun bepul umumiy taʼlim oliş kafolatlanadi”, deb qayd etilganining özi biz bolalarga davlatimizning çeksiz ğamxörligining isbotidir. Sababi, öqituvçilarimiz aytganlaridek, dunyoning köplab davlatlarida bolalar oç-nahor yaşaşlari barobarida maktab neligini bilmay, savodsiz ösib-ulğaymoqda. Axir, ular ham biz kabi baxtli bölişga, ilm olib, kasb-hunar örganib, hayotda, jamiyatda öz örnini topişga haqli-ku!
Davlatimiz tomonidan biz bolalarning soğlom va barkamol bölib voyaga yetişimiz uçun yaratilgan şaroitlarni körib, mening qalbimda şu yurt fuqarosi, farzandlarini özidan-da kuçli, bilimli, dono va baxtli körişni orzu qiladigan, şu maqsad yölida öz hayotini bağişlaydigan millatning farzandi ekanimdan faxr-iftixor tuyğusi yuksaladi.
Biz yoşlar, mana şunday şaroit va imkoniyatlar, himoya va eʼtibordan unumli foydalaniş va davlatimiz, xalqimiz, Yurtboşimiz bildirayotgan işonçni oqlab, dunyoning rivojlangan mamlakatlari yoşlari bilan bellaşa oladigan mutaxassis bölib yetişişimiz darkor.
Boşqa tengdoşlarim qatori men ham maktabda aʼlo baholarga öqib, mustaqil Özbekistonimizning kelajagi uçun jon kuydiruvçi komil inson bölib voyaga etişga, ota-onam, ustozlarim yuzini yoruğ qilib, ular orzu qilgan farzand bölib yetişişga qaror qilganman.
Şohista RAHIMOVA, 11-sonli maktab öquvçisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶