Mehnat migrantlari uçun yangi imkoniyatlar
Mamlakatimizda mehnat migratsiyasi jarayonlarini samarali boşqariş, xorijda mehnat faoliyatini amalga oşirgan fuqarolarni jamiyatga qayta integratsiya qiliş, ularni rasmiy bandlikka jalb etiş, kasbiy salohiyatini yuksaltiriş va tadbirkorlik faoliyatiga kengroq qamrab oliş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, 2024-yil 4-aprelda qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF–59-sonli Farmoni mazkur yönalişdagi işlarga mustahkam huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda. Unga köra, mehnat migratsiyasidan qaytgan şaxslarni işga qabul qilgan iş beruvçilarga davlat tomonidan subsidiya tölanişi belgilandi.
Xususan, Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan — byudjet taşkilotlari, davlat korxonalari hamda ustav kapitalida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslardan taşqari — mehnat migratsiyasidan qaytgan har bir fuqaroni işga qabul qilgan iş beruvçiga 12 oy davomida har oy 500 ming sömdan subsidiya ajratiladi. Uşbu tartib 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar işga qabul qilingan şaxslarga nisbatan qöllaniladi.
Subsidiya tölaş uçun asosiy hujjat — Yagona milliy mehnat tizimida rasmiylaştirilgan mehnat şartnomasi hisoblanadi. Mehnat migratsiyasidan qaytgan şaxs sifatida esa xorijda kamida uç oy davomida mehnat faoliyati bilan şuğullangan va yaşaş manziliga qaytib kelganiga bir yildan oşmagan fuqarolar eʼtirof etiladi.
Reintegratsiya jarayonlarini samarali taşkil etiş maqsadida Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi huzuridagi «Onlayn mahalla» elektron platformasiga «Reintegratsiya» moduli joriy etildi. Unga asosan, har bir mahallada “mahalla yettiligi” aʼzolari tomonidan mehnat migratsiyasidan qaytgan şaxslar aniqlanib, ular haqidagi maʼlumotlar mazkur modulga kiritib borilmoqda.
Şuningdek, reintegratsiya jarayonida şaxslarga körsatiladigan yordam hamda ularni rasmiy iş bilan taʼminlaş körsatkiçi — hokim yordamçilari faoliyati samaradorligining muhim mezonlaridan biri, yaʼni KPI sifatida belgilangan. Bu esa mahalliy darajada masʼuliyatni oşiriş, işlar samaradorligini yanada yuksaltirişga xizmat qilmoqda.
Yuqoridagi çora-tadbirlar mamlakatimizda mehnat migratsiyasi jarayonlarini tizimli yölga qöyiş, xorijdan qaytgan fuqarolarni jamiyatga töliq integratsiya qiliş, ularni munosib iş örinlari bilan taʼminlaş va iqtisodiy faol aholi safida faol iştirokini taʼminlaşga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Şohzod Qurbonboyev tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶