"DOLZARB 90 KUN" LOYIHASI DOIRASIDA QORAQALPOĞISTON RESPUBLIKASI MIQYoSIDA KÖRGAZMALI SEMINAR ÖTKAZILDI
Amudaryo tumanining Qipçoq şaharçasi markazida joylaşgan 11-sonli umumtaʼlim maktabi pedagogika jamoasi tomonidan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan rejaviy çora-tadbirlar bilan maktabning barça sinflari öquvçilari qamrab olinmoqda.
Mazkur loyiha doirasida amalga oşirilayotgan işlarni tarğib qiliş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida körgazmali seminar taşkil etildi. Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirining örinbosari Qadirboy Ismailov, Respublika tuman va şaharlarining maktabgaça va maktab taʼlimi bölimlari şuʼba mudirlari, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şamuratov, 11-sonli maktab pedagogika jamoasi hamda öquvçi-yoşlar, ularning ota-onalari iştirok etdilar.
Körgazmali seminarda sözga çiqqan vazirning örinbosari Qadirboy Ismailov mamlakatimizda yoş avlod taʼlim-tarbiyasi uçun körsatilayotgan yuksak eʼtibor va rağbat, sohada amalga oşirilayotgan izçil islohotlarning samarasi xususida batafsil töxtalib, joriy yildagi yozgi taʼtil har bir öquvçi-yoşning hayotiga maʼno-mazmun bağişlab, ularning iqtidor va salohiyatlarini yuzaga çiqarişlarida juda katta ahamiyat kasb etayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Şundan söng tadbir mehmonlari maktab direktori Uluğbek Mamutov hamrohligida öquvçi-yoşlar tomonidan taʼtil davrida amalga oşirilayotgan taʼlimiy, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni özida mujassam etgan körgazmalar bilan yaqindan tanişdilar.
Xususan, maktabning 4-"A", 4-"B", 3-"A" sinflar öquvçilari, şuningdek, sport maktabi şuğullanuvçilari tomonidan namoyiş etilgan turfa raqslar, badiiy gimnastika sporti böyiça körgazmali çiqişlar tadbir mehmonlarida yorqin taassurotlar qoldirdi. Ayniqsa, "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Şöx bolalar" badiiy havaskorlik jamoasi aʼzolari tomonidan jonli ijroda taqdim etilgan qöşiqlar barçaga xuş kayfiyat bağişladi.
Körgazmali seminar davomida 7- va 8-sinflar öquvçilari mazkur sinflar rahbarlari Muhabbat Abdukarimova, Şahnoza Töramurodova, Sevara Rajabovalar boşçiligida texnologiya fani öqituvçilari tomonidan taşkil etilgan "Oş tanlovi"da iştirok etişib, özlarining pazandalik mahoratlarini amalda körsatib berdilar.
"Beş muhim taşabbus" tögaragi rahbarlari Erkinoy Yoqubova, Gulbahor Mirzayevalar tomonidan taşkillaştirilgan qandolatçilik mahsulotlari körgazmasi esa mazkur tögarak aʼzolari qandolatçilik mahsulotlarini tayyorlaş, dasturxon bezatiş sanʼatini çuqur egallayotganlarining yorqin ifodasi böldi.
Seminar iştirokçilari jismoniy tarbiya fani öqituvçilari Rahimjon Qöşayev, Jumamurod Jumaniyozov, Salomat Ismoilovlar tomonidan taşkillaştirilgan şaxmat-şaşka, voleybol, mini futbol musobaqalari, ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Guloyim Begjonova bilan maktab kutubxonaçisi Mehribon Yöldoşevalar hamkorlikda taşkil etgan "Zukko kitobxon" tanlovi bilan ham yaqindan tanişdilar.
Ğafurjon Muhammadkarimov boşçiligida ötkazilgan "Zakovat" turniri ham körgazmali seminarga öziga xos maʼnaviy ruh bağişladi. Maktab pedagogika jamoasi va bilimdon öquvçilar iştirokidagi turnirda taʼtil davrida maktabda taşkil etilgan tögaraklarda şuğullanayotgan öquvçilarning bilim va intilişlari sinovdan ötkazildi.
Seminarda "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining qöl mehnati, rassomlik, robototexnika, dizaynerlik kabi yönalişlar böyiça tögaraklarida şuğullanuvçi öquvçilar tomonidan taşkil etilgan körgazma ham namoyiş etildi.
Körgazmali seminarning yakuniy qismida uşbu tadbirni taşkil etgan 11-sonli maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Qunduzoy Xalmuratovaga seminar iştirokçilari öz minnatdorçiliklarini izhor etib, maktab pedagogika jamoasining yoş avlod taʼlim-tarbiyasida özaro hamjihat va hamkorlik asosida amalga oşirayotgan ezgu işlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶