Amudaryo tumanida Yoşlar kuni munosib nişonlandi
Yurtimizda 30-iyun – Yoşlar kuni har yili öziga xos şukuhda, yuksak kötarinkilik va quvonç bilan nişonlanadi. Amudaryo tumanida ham sana munosabati bilan katta bayram tadbiri taşkil qilindi.
Döstlik mahallasi Vaxum aholi punktida joylaşgan bolalar öyingohida taşkil etilgan tantanali tadbirda yoşlar, ota-onalar, nuroniylar hamda mehmonlar iştirok etdi.
Bayramni kiriş sözi bilan oçib bergan tuman hokimi Sobir Xöjametov barçani Yoşlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi. U öz nutqida yoşlar – davlat eʼtiborining markazida ekanini, bugun ularning bilim olişi, kasb-hunar egallaşi, ijodiy salohiyatini röyobga çiqarişlari uçun barça şaroitlar yaratilayotganini alohida qayd etdi.
Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimizning ğamxörligi, eʼtibori tufayli mamlakatimizda yoşlarga oid davlat siyosati yangi bosqiçiga kötarildi. Bundan sakkiz yil muqaddam – 2017-yilda davlatimiz rahbarining taşabbuslari bilan 30-iyun kuni “Yoşlar kuni” bayrami sifatida belgilangani nafaqat yoşlarimiz, balki butun xalqimiz hayotida tarixiy voqea bölgan edi.
Uşbu bayram eʼlon qilinganidan hozirgi kunga qadar amalga oşirilgan jami bunyodkorliklar, barça sohalardagi tub islohotlar, kundalik turmuşimizdagi şiddatli özgarişlar, avvalo, yoşlarimiz kelajagi uçun, ularning ozod va obod vatanda, heç kimdan kam bölmay, baxtli hayot keçirişi uçun qilinayotgan saʼy-harakatlar natijasi, desak, aslo mubolağa bölmaydi.
Bayram tadbirida turli sohalarda faolligi, öz kasbi va hunari, ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan ajralib turgan bir guruh namunali yoşlarga tuman hokimining taşakkurnomalari tantanali ravişda topşirildi. Ular orasida davlat taşkilotlarida, “Mahalla yettiliklari” safida samarali faoliyat olib borayotgan yoşlarning mehnatlari alohida eʼtirof etildi. Bu esa ularning harakatlariga rağbat, kelajakdagi işlariga işonç bağişladi.
Şundan keyin tadbirning eng hayajonli va kutilgan daqiqalari – kontsert dasturi boşlandi. Bayram sahnasida respublika miqyosida tanilgan estrada xonandalari bilan birga Amudaryo tumanining umidli yoş ijodkorlari özlarining yorqin çiqişlari bilan tomoşabinlarga şodlik ulandi. Quvnoq kuy-qöşiqlar, raqslar, jonli ijrolar tadbirga özgaça fayz va zavq bağişladi.
Taʼkidlaş joizki, bugun yoşlar zamonaviy şaroitlardan foydalangan holda çuqur bilim olib, raqobatbardoş kasblarni egallab, yurt ravnaqi yölida fidokorona xizmat qilmoqdalar. Mamlakatimizdagi har bir islohot, har bir yangilik yoşlarning iştiroki, kuç-ğayrati bilan amalga oşmoqda.
Keyingi paytlarda kelajagimiz egalari bölgan öğil-qizlarimiz bilan işlaşning mutlaqo yangi tizimi – “Yoşlar daftari” va “Yoşlar dasturi” hayotga keng tatbiq etilmoqda. Tumanda olib borilgan amaliy işlar natijasida ötgan 6 oy mobaynida “Yoşlar daftari”ga kirgan 213 nafar yigit-qizlarning muammolarini hal etiş uçun “Yoşlar jamğarmasi”da 624 mln söm mablağ şakllantirilgan. Uşbu mablağlar hisobidan “Yoşlar daftari”ga kiritilgan professional va oliy taʼlim taşkilotlari öquvçi-talabalarining 136 nafariga tölov-şartnoma summasining bir qismi qoplab berildi. 3 nafar yoşlarning davlat va nodavlat taʼlim taşkilotlaridagi avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş öquv kursi xarajatlari uçun subsidiya ajratildi. Şuningdek, 8 nafar yoşlarning safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmatni ötaş badali töliq miqdorda qoplab berildi.
Yoşlar bandligini taʼminlaş borasida amalga oşirilgan işlar natijasida joriy yil boşidan şu kunga qadar 1 ming 319 nafar yoşlar iş örinlariga ega böldilar. Amudaryolik yoşlar bu kabi eʼtibor va imkoniyatlardan unumli foydalangan holda ilm-fan, madaniyat va sport, tadbirkorlik hamda biznes, qöyingki, barça sohalarda yuksak natijalarga erişmoqdalar.
Tadbir yakunida osmon turfa rangli çiroqlar bilan çaroğon böldi. Namoyiş etilgan muşakbozlik şousi barçaga bayramona kayfiyat ulaşdi, yoşlar va mehmonlarning yuzida porlagan quvonç, hayrat va olqişlar keçaning ajoyib yakuniga aylandi. Bu gözal daqiqalar qalblarda unutilmas taassurot qoldirdi va yana bir bor yoşlar eʼtibor va ğamxörlik markazida ekanini amalda isbotladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimlining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶