HUQUQNI MUHOFAZA QILIŞ ORGANLARI TOMONIDAN "YoLĞIZ KEKSA" REYeSTRIGA KIRITILGAN FUQAROLARGA KÖRSATILAYoTGAN IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI ÖRGANILDI
Dunyoda heç bir inson mukammal emas. Kimdir tuğma nogiron, yana kimdir baxtsiz hodisa tufayli imkoniyati çeklangan bölsa, yana bir toifa odamlar taqdir taqozosiga köra, yakka-yolğiz, özgalar parvarişiga, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar sifatida hayot keçirişadi. Bu toifa insonlar salgina mehr-oqibat, şirin muomala va maʼnaviy rağbatni har qanday xayr-saxovatdan ham ustun qöyişadi.
Şuning uçun ham mamlakatimizda “Inson qadri uçun” tamoyili doirasida aynan ana şunday insonlarga mehr-muruvvat körsatiş, ularning hayotdan zavq olib yaşaşlari uçun zarur şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratiladi. Hududlarda faoliyat olib boruvçi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan amalga oşirilayotgan barça saʼy-harakatlarning mazmun-mohiyatida ham insonni qadrlaş, uning şaxs sifatida jamiyatdagi örnini mustahkamlaşga qaratilgan ezgu maqsadlar mujassam.
Hududlardagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan “Yolğiz keksa” reyestriga kiritilgan özgalar parvarişiga muhtoj yakka-yolğiz va yolğiz yaşovçi keksa hamda nogironligi bölgan şaxslarning soğligini mustahkamlaşlariga kömaklaşiş, ijtimoiy faolligini oşiriş, turmuş şaroitlarini yaxşilaş borasida olib borilayotgan işlar huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan örganilib, mavjud kamçiliklar bartaraf etilmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan eʼlon qilingan "Dolzarb 15 kunlik" doirasida Amudaryo tumanida ham "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan tumanning ovul va mahallalarida istiqomat qiluvçi özgalar parvarişiga muhtoj, nogironligi bölgan fuqarolar, şuningdek, yolğiz keksalarga körsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati joylariga çiqqan holda örganildi.
Ayni paytda markaz tomonidan 115 nafar fuqarolar “Yolğiz keksa” reyestriga kiritilgan va ulardan 87 nafariga 14 nafar ijtimoiy xodim assistentlari biriktirilgan bölib, ularga uyida ijtimoiy-maişiy xizmat körsatilmoqda. Şuningdek, 68 nafar yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga minimal isteʼmol xarajatlari uçun muntazam ravişda kompensatsiya pullari tölanib kelinmoqda.
Reyestrga kiritilgan 115 nafar keksalarning barçasi çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazilib, 37 nafar keksalarga zarur hujjatlarni rasmiylaştirişda kömaklaşildi. 5 nafar keksaning xonadonida taʼmirlaş-moslaştiriş işlari olib borilib, 17 nafar keksalarga soğlomlaştiriş uçun sanatoriylarga yöllanmalar ajratildi. 11 nafar keksalarning yaqinlari va boşqa qarindoşlari bilan munosabatlarini tiklaşlarida amaliy yordamlar berildi.
“Nuroniy” jamğarmasi Amudaryo tuman bölimi bilan hamkorlikda tuman mahallalarida 6 turdagi tögaraklar taşkil qilinib, keksalarning salomatligini yaxşilaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, fitnes-soğlomlaştiriş tögaragi, kitobxonlik, şaxmat-şaşka, davlat xizmatlaridan onlayn foydalaniş, psixologik trening, "Keksalar maʼnaviyati" tögaraklariga 75 nafar keksalar jalb qilingan.
Şuningdek, “Yolğiz keksa” reyestriga kiritilgan özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz va yolğiz yaşovçi keksalar hamda nogironligi bölgan şaxslarning ijtimoiylaşuvini taʼminlaş, jamiyatdagi örnini mustahkamlaş, ijtimoiy jabhalardagi faolligini oşiriş maqsadida yil boşidan turli xil mavzulardagi madaniy va bayram tadbirlari taşkil qilinib, bu tadbirlarda reyestrga kiritilgan keksalarning iştiroki taʼminlandi.
"Faol hayotga qadam" dasturi doirasida 5 turdagi yangi xizmatlar işga tuşirildi. Unga köra, Amudaryo tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan uy şaroitida ijtimoiy-maişiy yordam körsatiş, uy şaroitida qarab turiş, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati, kunduzgi qatnov asosida qarab turiş va şaxsiy yordamçi xizmatlari namunali tarzda amalga oşirilmoqda.
Endilikda davlatimiz ğamxörligi tufayli mazkur xizmatlardan nafaqat “Yolğiz keksa” reyestriga kiritilgan özgalar parvarişiga muhtoj yolğizlar, balki “Kambağal oilalar reyestri” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan özgalar parvarişiga muhtoj şaxslar ham vauçer asosida foydalanişi mumkin böladi.
“Faol hayotga qadam” dasturining asosiy maqsadi esa oilani kambağallikdan farovonlik sari olib çiqiş, bunday toifadagi oilani tibbiy-ijtimoiy qöllab-quvvatlaş hamda nogironlikning oldini olişga qaratilgan insonparvarlik tamoyilidan iborat.
Ayni vaqtda Amudaryo tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan barça ovul va mahallalar masʼullari bilan hamkorlikda mazkur xizmatlardan foydalaniş istagida bölgan fuqarolar belgilangan mezonlar asosida örganib çiqilib, vauçerlar şakllantiriş işlari olib borilmoqda hamda tadbirkorlar iştirokida yangi dastur doirasida xizmatlarni taşkil etiş işlari amalga oşirilmoqda.
Insonning öz hayotidan rozi, farovon va yaxşi yaşaşi nafaqat davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan şart-şaroitlar, balki atrofidagi yaqinlari va mahalladoşlarining samimiy munosabati va mehr-oqibatiga ham köp jihatdan boğliq. Şu bois, Amudaryo tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan işlab çiqilgan rejaga asosan ularning ijtimoiylaşuvini taʼminlaş, turli xil köngiloçar tadbirlar bilan qamrab oliş orqali kötarinki kayfiyat bağişlaş, bayram sanalari munosabati bilan tadbirkorlarni jalb qilgan holda sovğalar taqdim etişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şunday bölsa-da, huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan Amudaryo tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida "Dolzarb 15 kunlik" doirasida olib borilgan örganişlar jarayonida bir qator kamçiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etiş yuzasidan masʼullarga zarur topşiriq va tavsiyalar berildi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶