MANĞIT ŞAHRI MAHALLALARIDA NAZORAT TADBIRLARI ÖTKAZILDI
Maʼlumki, aholi yaşaş manzillaridan oqava suvlarini belgilangan muddatlarda çiqarib yubormaslik köpdan-köp noxuş holatlarning yuzaga kelişiga sabab böladi. Ayniqsa, oqava suvlarining aholi yaşaş manzillarida uzoq vaqt turib qolişi natijasida yerning meliorativ holati yomonlaşadi, şörlaniş darajasi ortib, aholi tomorqa yerlarida parvarişlanayotgan ekinlar, mevazor boğlarning hosildorligi keskin kamayib ketadi.
Özbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi “Içimlik suvi taʼminoti va oqava suvlarni çiqarib yuboriş töğrisida”gi Qonunida fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari, nodavlat notijorat taşkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining, şuningdek, mazkur sohadagi tadbirlarda iştirok etişi belgilangan.
Uşbu Qonunda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlaş maqsadida 2024-yilning 19-aprel sanasida Özbekiston Mahallalari uyuşmasi bilan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi örtasida özaro hamkorlik Memorandumi imzolangan edi. Mazkur Memorandumda taraflar respublika aholisini içimlik suvi taʼminoti va oqava suvlarni çiqarib yuboriş xizmatlari bilan taʼminlaş borasida özaro hamkorlik qilişi belgilangan.
Uşbu hujjat doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahallalari uyuşmasi, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasini nazorat qiliş Inspektsiyasi va “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyatining Amudaryo tumani filiali masʼul xodimlari hamkorlikda nazorat va tarğibot tadbirlarini amalga oşirib kelmoqdalar.
Hamkorlikdagi ana şunday nazorat tadbirlaridan biri joriy yilning 18-iyun sanasida ham ötkazilib, mazkur tadbirda Döstlik, Yangiobod va Farovon mahalla fuqarolar yiğinlari masʼullari va aholi vakillari ham iştirok etdilar.
Örganişlar jarayonida mahallalar aholisi tomonidan ayrim eʼtirozlar ham bildirildi. Tegişli soha masʼullariga tarmoqdagi avariya holatlari öz vaqtida bartaraf etilişi, içimlik suvining yetarli bosimda va belgilangan vaqtda yetkazilişi böyiça aniq körsatmalar berildi. Öz navbatida aholi tomonidan içimlik suvining sifati belgilangan meʼyoriy talablarga muvofiqligi va boşqa kamçiliklar mavjud emasligi ham bildirildi.
Bundan taşqari, mazkur mahalla fuqarolar yiğinlarida isteʼmolçilarning “Içimlik suvi taʼminoti va oqava suvlarini çiqarib yuboriş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qay darajada amal qilişini aniqlaş maqsadida nazorat tadbirlari ham olib borildi. Isteʼmolçilarga içimlik suvidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalaniş, suv taʼminoti taşkiloti bilan tuzilgan şartnoma şartlariga va unda belgilangan talablarga rioya qiliş yuzasidan zarur tavsiyalar berilib, kommunal tölovlarni, ayniqsa içimlik suvi taʼminoti va oqava suvlarni çiqarib yuboriş xizmatlaridan foydalanganlik böyiça tölovlarni öz vaqtida amalga oşiriş böyiça tuşuntirişlar ham olib borildi.
Qoraqalpoğiston Mahallalari uyuşmasi bilan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasini nazorat qiliş Inspektsiyasi hamda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyati Amudaryo tuman filiali masʼullari hamkorligida taşkillaştirilgan mazkur nazorat tadbiri jarayonida içimlik suvi taʼminoti va oqava suvlarini çiqarib yuboriş borasidagi Döstlik, Yangiobod va Farovon mahallalari aholisini qiynab kelayotgan boşqa muammolar ham atrofliça örganilib, joyida hal etildi.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶