KEKSALAR DOIMO EʼZOZDA
Keksalarni avaylab-eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish oʻzbek xalqining qon-qoniga singib ketgan azaliy qadriyatlardan biridir. Bu yil Prezidentimiz tashabbusi bilan "Keksalarni eʼzozlash yili” deb atalishi xalqimizning keksalarga boʻlgan hurmatining yana bir isboti boʻldi.
Bizning "Yangiobod” mahallamizda ham pir-u badavlat ona-xon va otaxonlarning holidan xabar olish, ularga qoʻlidan kelgancha yordam koʻrsatish doimiy odatga aylangan. Bunday hurmat ehtiromdan esa mahallamiz keksalari juda xursand.
Yaqinda "Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻini va homiylar koʻmagi bilan keksa otaxon-onaxonlar Xiva shahri hamda Yusuf Hamadoniy ziyoratgohiga sayohatga borishdi. Tarixiy shahar Xivani tomosha qilish, muzeylardagi tarixiy eksponatlarni koʻrish ularda juda katta taassurot qoldirdi. Keksalarimiz Yusuf Hamadoniy ziyoratgohini aylanib, oʻtganlar ruhiga duoyi-fotiha qildilar. Sayohat juda koʻngilli oʻtdi. Mahalla keksalari sayohatdan olam-olam quvonch bilan qaytdilar.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶