Ğalla örimiga bağişlangan seminar bölib ötdi
Amudaryo tumanining Boğ mahallasidagi yetakçi xöjaliklardan biri – “Rahimboyev Azizbek” fermer xöjaligi dalasida joriy yilgi ğalla örim-yiğimi mavsumining boşlanişiga bağişlangan amaliy seminar taşkil etildi. Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining agrar, suv xöjaligi, tabiatni muhofaza qiliş va ekologiya masalalari qömitasi raisi Anuarbek Jumanazarov, Sanoat, quriliş, transport va aloqa masalalari qömitasi raisi Islam Sdikov, tuman hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosarlari, qişloq xöjaligi sohasi mutaxassislari, nuroniy otaxonlar, fermerlar, jamoatçilik vakillari hamda OAV vakillari iştirok etdi.
Tadbir avvalida “Yusuf Eşon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsapayev Qurʼon tilovat qilib, uşbu mavsumning barakali va betalafot ötişini sörab duo qildi.
Seminarda tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, ğalla mavsumi har bir fermer, har bir dehqon uçun muhim sinov davri bölişi bilan birga, yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligi uçun ğoyat dolzarb ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, tumanda 2025-yil hosili uçun 270 ta fermer xöjaligi va qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan 4800 gektar maydonga ğalla ekilib, uşbu maydonlarda yetiştirilgan hosilning 11 ming 130 tonnasini kontraktatsiya şartnomasi böyiça qabul maskanlariga topşiriş rejalaştirilgan.
Tumanda ğalla hosilini 4-iyundan 20-iyungaça nest-nobud qilmasdan örib-yiğib oliş maqsadida 23 ta otryadlar taşkil qilinib, uşbu otryadlarga jami 69 nafar malakali mutaxassislar biriktirilgan. Şundan, 23 nafari otryad rahbarlari, 23 nafar Içki işlar bölimi, yana 23 nafari esa Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlaridir. 4800 gektar maydondagi ğallani örib-yiğib oliş işlariga jami 131 dona texnikalar jalb qilingan.
Seminar davomida sözga çiqqanlar hosilni optimal muddatlarda yiğib oliş, texnika va mexanizatorlarning tayyorgarligi, xavfsizlik çoralariga qatʼiy rioya qiliş, şuningdek, ğallani daladan omborga sifatli yetkazib beriş böyiça zarur tavsiyalar berdilar, özaro fikr-mulohazalar almaşildi.
Şundan söng, dala çetidagi zamonaviy kombaynlar harakatga tuşirildi. Ilk örim jarayoni körgazmali tarzda taşkil etilib, mehmonlar fermer xöjaligidagi texnik salohiyat, işçi kuçining boşqarilişi va agrotexnik tadbirlarning samarali amalga oşirilişiga bevosita guvoh bölişdi.
Yiğiliş iştirokçilari uşbu tadbirni nafaqat tajriba almaşiş, balki mehnatga, xalqimizning rizq-röziga bölgan hurmat, ehtirom ifodasi sifatida ham qabul qilişdi. Bunday maʼnaviy-maʼrifiy ruhda ötgan seminarlar yurtimiz qişloq xöjaligida mehnatkaş dehqonlar salohiyatini yuzaga çiqariş, ularni rağbatlantiriş va milliy qadriyatlarimizni mustahkamlaşda muhim örin tutadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶