7-SONLI DAVLAT MTTDA “XAYR, BOĞÇA – SALOM, MAKTAB!” TADBIRI ÖTKAZILDI
Manğit şahrining Döstlik mahallasi hududida joylaşgan Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 7-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti 2010-yilga qadar “Rohat” bolalar muassasasi maqomida faoliyat yuritib kelgan. Mazkur muassasa tuman hokimining 2010-yil 19-yanvardagi 22-sonli qarori asosida mukammal rekonstruktsiya qilinib, tuman 7-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti sifatida qayta taşkil etildi va zamon talablari darajasida jihozlandi. 70-öringa möljallangan ikki qavatli, zamonaviy, körkam binoda kiçkintoylarning taʼlim va tarbiya olişlari uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan.
Tevarak atrofi yam-yaşil daraxtlar, anvoyi gullarga burkangan muassasa binosi bolajonlar har tong oşiqib keladigan sölim göşadir. Hududdagi obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlaridagi öziga xoslik, yozgi öyin maydonçalaridagi ozodalik közlarni quvontiradi. Içimlik suvi va tabiiy gaz tarmoğiga ulangan muassasa binosi içkarisida qişin-yozin möʼtadil muhit mavjudligi bolajonlarning yayrab ösişlari uçun qulay imkoniyat yaratadi.
Ayni paytda mazkur muassasada 5 ta asosiy guruhning har birida 30 nafardan jami 150 nafar, 2 ta majburiy guruhning har birida esa 25 nafar kiçkintoylar taʼlim-tarbiya olişmoqda
Barno Xudoybergenova rahbarligidagi muassasada jami 35 nafar işçi-xodimlar faoliyat olib borişadi. Ulardan 15 nafari tarbiyaçi-pedagog xodimlar bölib, 6 nafari oliy, 3 nafari tugallanmagan oliy maʼlumotga ega tajribali, öz kasbining bilimdonlari bölgan mutaxassislardir. Yordamçi tarbiyaçi sifatida faoliyat yurituvçi xodimlar esa özlarining kasbiy malakalarini doimiy ravişda oşirib borişlari tufayli bolajonlarning samimiy mehriga sazovor “boğça opalari”ga aylanişgan.
Kiçkintoylarning öz iqtidorlarini amalda namoyon etişlari uçun yaratilgan şaroitlar ham alohida eʼtiborga munosib. Muassasada zamonaviy talablar darajasidagi musiqa va sport xonalari, nihoyatda şinam va ozoda öyin maydonçalari, ayvonçalar, tibbiy xizmat bölimi, oromxona va maşğulotlar xonalari har bir guruh böyiça bolajonlarning dunyoqaraşlari va yoşlariga mutanosib ravişda jihozlangan.
Şuningdek, guruhlarda taşkil etilgan 5 ta rivojlantiruvçi markazlar, “Maʼnaviyat” va “Sport-soğlomlaştiriş” burçaklarida bola psixologiyasi, aqliy va jismoniy rivojlaniş tamoyillari öz aksini topgan.
Muassasada deyarli barça guruhlarda inklyuziv taʼlim-tarbiya ham yölga qöyilgan bölib, aqli va nutqiy rivojlanişda nuqsoni bor bölgan, eşitiş qobiliyati zaif bolalarga sifatli taʼlim-tarbiya berişga alohida eʼtibor qaratiladi. Bu borada oliy maʼlumotli logoped-pedagog Aziza Artiqboyeva hamda defektologiya yönalişi böyiça oliy maʼlumotli mutaxassis Madina Ibodullayevalar tomonidan olib borilayotgan maşğulotlar özining ijobiy samarasini bermoqda.
Tarbiyaçilar Qurbonoy Xolimbetova, Nilufar Atajanova, Şarofat Haytimbetovalar ötkazadigan har bir dars-maşğulotini bolajonlar intiqlik bilan kutişadi.
Joriy yilning 30-may sanasi muassasaning maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvçilari uçun hayajonli daqiqalarga boy unutilmas kun bölib qoldi. Çunki şu kuni muassasaning maktabga tayyorlov guruhining 46 nafar va qisqa muddatli tayyorlov guruhining 34 nafar tarbiyalanuvçilari özlari uçun qadrdon bölib qolgan aziz maskan va sevimli “boğça opalari” bilan xayrlaşib, maktab taʼlimi sari ilk qadam qöydilar.
Muassasada bölib ötgan “Xayr, boğça – salom, maktab!” mavzusidagi musiqiy tadbirda muassasa pedagog-xodimlari, ota-onalar va tarbiyalanuvçilar iştirok etişdi.
Tadbirda bolajonlar öz qöllari bilan yasagan öyinçoqlar, çizgan rang-barang suratlar, turli körik-tanlovlarda erişgan yutuqlari aks ettirilgan suratli albomlar namoyiş etildi. Bolajonlar özlari örgangan kuy-qöşiqlarni ijro etişib, ona Vatan, döstlik va tinçlik, onajonlar, “boğça opalar” haqida şeʼrlar aytib, raqslar ijro qilişdi.
Tadbir davomida bolajonlarga ota-onalari sovğalar berişib, farzandlarini aqlli va dono qilib tarbiyalagan tarbiyaçi-pedagoglarga samimiy minnatdorçilik bildirdilar.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶