Ğöza maydonlarini suğoriş böyiça amaliy seminar bölib ötdi
Joriy yilning 30-may kuni Amudaryo tumani Tölqin ovulidagi “Xidirov Samad” fermer xöjaligi paxta dalasida ğöza maydonlarida birinçi suğoriş işlarini töğri taşkil etiş böyiça amaliy seminar bölib ötdi. Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari, qişloq xöjaligi vaziri Şuhrat Teşayev, tuman hokimi Sobir Xöjametov, şuningdek, tumandagi ilğor fermerlar, agronomlar, suv xöjaligi mutaxassislari va boşqa soha vakillari iştirok etdilar.
Seminar davomida mavzuga oid dolzarb masalalar muhokama qilinib, suv resurslaridan samarali foydalaniş, birinçi suğorişni agrotexnik talablarga muvofiq taşkil etiş, hosildorlikni oşiriş va suvni tejaş texnologiyalarini joriy etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari, qişloq xöjaligi vaziri Şuhrat Teşayev öz nutqida suv resurslaridan oqilona foydalaniş, dalalarni suğoriş jarayonida zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş va fermerlar bilan doimiy hamkorlikda işlaş zarurligini qayd etdi.
Taʼkidlanganidek, paxta yurtimiz qişloq xöjaligida yetakçi ekinlardan biri bölib, uning parvarişida har bir agrotexnik tadbirning öziga xos örni mavjud. Ayniqsa, suğoriş işlarini töğri va ilmiy asosda taşkil etiş paxta hosildorligini belgilovçi eng muhim omillardan biridir. Ğöza vegetatsion davr mobaynida tuproqdagi namlik miqdoriga sezgir böladi. Birinçi suğoriş, yaʼni ğöza ildizi çuqur tuşa boşlagan, tuproqda harorat va namlik balansini muvozanatda saqlaş zarur bölgan davrda ğözani soğlom östiriş va kelgusida gullaş, hosil boğlaş jarayonini mustahkamlovçi muhim omildir.
Şuningdek, öz vaqtida va meʼyorida suğoriş hosilning ortişi, paxtaning sifatli bölişi va töliq pişişi uçun kafolat sanaladi. Aksinça, notöğri, keçiktirilgan yoki ortiqça suğoriş dalada ildiz çirişi, vegetatsiyaning sustlaşuvi yoki hatto hosilning kamayişi kabi salbiy oqibatlarga olib kelişi xususida söz yuritildi.
Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov seminar iştirokçilariga murojaat qilib, suğoriş işlarini rejalaştirişda aniq va tizimli yondaşuv muhimligini qayd etdi. Tumandagi har bir fermer xöjaligida suv sarfi va hosildorlik örtasida barqaror muvozanatni taʼminlaşga qaratilgan çoralarni kuçaytiriş böyiça körsatmalar berdi.
Seminar doirasida “Xidirov Samad” fermer xöjaligining paxta dalasida amaliy körgazma ötkazilib, iştirokçilar birinçi suğoriş işlarining bevosita taşkil etilişi va texnologik jarayonlar bilan tanişdilar. Mutaxassislar tomonidan tomçilatib suğoriş usuli, yerning meliorativ holatini saqlaş va suvni tejaş böyiça tavsiyalar berildi.
Bu kabi seminarlar paxta yetiştirişda zamonaviy yondaşuvni kengaytiriş, resurslardan oqilona foydalaniş va qişloq xöjaligida barqaror natijalarga erişişda muhim vosita hisoblanadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶