Amudaryo tumanida aholini kömir bilan taʼminlaşda muhim qadam – Jumurtov temiryöl stantsiyasi işga tuşirildi
Aholi uçun kuz-qiş mavsumlarida barqaror va sifatli issiqlik manbaiga ega böliş muhim masala sanaladi. Ayniqsa, qişloq joylarida yaşovçi isteʼmolçilarni kömir bilan öz vaqtida va uzluksiz taʼminlaş dimiy dolzarb masala. Bu borada esa infratuzilmaning örni alohida.
Amudaryo tumaniga kömir daryoning öng qirğoğida joylaşgan maxsus bazadan keltirilar edi. Bu esa ayni qiş mavsumida daryodan ötişda maʼlum qiyinçiliklarni, ortiqça ovoragarçiliklarni keltirib çiqarar edi. Endilikda bu muammoga barham berilib, tumanning Jumurtov şaharçasida yangi temiryöl stantsiyasi va kömir yetkazib beriş markazi işga tuşirildi.
Mazkur stantsiyaning işga tuşirilişi tumanning yoqilği taʼminoti zanjirida uzluksizlikni taʼminlaş, vaqt va masofani tejaşda muhim rol öynaydi. Endilikda kömir temiryöl orqali töğridan-töğri Jumurtovga yetkazib beriladi, bu esa avtomobil transportiga bölgan yuklamani, yöllardagi tirbandlik va xarajatlarni kamaytirişga xizmat qiladi.
Yangi stantsiya oçilişi bilan aholiga kömirni uzoq masofalardan taşib keliş zarurati yöqoldi. Endi fuqarolar öz hududlariga yaqin manzildan, transport uçun kamroq pul sarflab sifatli kömir xarid qiliş imkoniyatiga ega.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, amudaryolik isteʼmolçilarga kömir mahsuloti “Kömir taʼminoti” MÇJning Qoraqalpoğiston Respublikasi filialiga qaraşli ombordan yetkazib beriladi. 2025-2026-yillar kuz-qiş mavsumida byudjet taşkilotlari uçun 6 ming 153 tonna kömir mahsulotlari yetkazib beriş rejalaştirilgan. Şundan hozirgi kunda 279 tonna kömir qabul qilib olingan va tarqatiş işlari boşlanmoqda. Şuningdek, aholi uçun 2025-2026-yillar kuz-qiş mavsumida 27 ming 706 tonna kömir olib keliş rejalaştirilgan.
Yangi stantsiyaning iş boşlaşi mahalliy iş örinlarini yaratişga ham xizmat qilmoqda. Yuk tuşiriş, saqlaş va tarqatiş jarayonlarida önlab mahalliy aholi iş bilan taʼminlanmoqda. Bu esa iqtisodiy faollikni oşirib, ijtimoiy barqarorlikka hissa qöşmoqda.
Yangi tizim orqali yetkazib beriladigan kömir mahsuloti sifat jihatidan nazorat qilinadi. Taqsimot jarayonlarida şaffoflik, adolat va samaradorlik tamoyillari asosida iş olib boriladi.
Jumurtov şaharçasida kömir yetkazib beruvçi temiryöl stantsiyasining işga tuşirilişi – bu aholini barqaror issiqlik bilan taʼminlaş va hududiy infratuzilmani rivojlantiriş yölidagi muhim qadamlardan biridir. Aholining köplab ovoragarçilik va sarson-sargardonliklariga barham berilib, muammolari bartaraf qilinmoqda. Kömirni uzoq masofalardan olib keliş, narxning sunʼiy oşişi, yetkazib berişda yuzaga keladigan keçikişlar kabi muammolar aholining kundalik hayotiga sezilarli taʼsir körsatib kelayotgan edi. Endilikda bu muammolar ortda qolmoqda.
Bugun Jumurtov şaharçasida va butun tumanimizda yaşovçi aholi yillar davomida yiğilib qolgan muammoning hal bölganidan mamnun. Endilikda har bir xonadon, har bir ijtimoiy muassasa kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik körişda işonçli taʼminot tizimiga ega.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶