“TADBIRKORLARGA HUQUQIY YoRDAM” AKTsIYaSI DOIRASIDA FERMER VA DEHQON XÖJALIKLARI RAHBARLARI IŞTIROKIDA UÇRAŞUV ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada liberallaştiriş, tadbirkorlar va işbilarmonlarga berilayotgan imkoniyatlarni kengaytiriş, xususiy mulkni har qanday tazyiqlardan himoyalaş, biznes muhitini turli bosimlardan xoli qiliş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, tadbirkorlik faoliyatining himoyasini yanada mukammallaştiriş, işbilarmonlarning haq-huquqlari, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlaş maqsadida tadbirkorlarning mulkka doir huquqlarini buziş holatlariga yöl qöygan mansabdor şaxslarga nisbatan çoralar körilib, bölar-bölmas, noqonuniy tekşirişlarga çek qöyilayotgani, huquqi buzilgan tadbirkorlarga masʼullar tomonidan beğaraz huquqiy maslahat va yordamlar taqdim etilayotgani bu borada özining ijobiy samarasini bermoqda.
Ayniqsa, masʼul taşkilotlarning yetakçi mutaxassislari tomonidan hamkorlikda taşkil etilayotgan huquqiy maslahat va amaliy yordam tadbirlari tadbirkorlarning öz faoliyatlarini emin-erkin ado etişlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada Amudaryo tumanida amalga oşirilayotgan tizimli işlar eʼtiborga munosib.
27-may kuni Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengaşi deputatlari, tuman Adliya bölimi, Fermerlar, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi, tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimi hamda Savdo-sanoat palatasi masʼul mutaxassislari hamkorligida işbilarmonlar bilan uçraşuv ötkazildi. “Tadbirkorlarga huquqiy yordam” aktsiyasi doirasida taşkil etilgan uçraşuvda tumanda faoliyat olib boruvçi tadbirkorlar, fermerlar, dehqon xöjaliklari rahbarlari, namunali tomorqa yer egalari iştirok etdilar.
“Fermer va dehqon xöjaliklariga huquqiy yordam” mavzusidagi uçraşuvda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan bir qator muammoli masalalar yuzasidan özaro fikr almaşilib, tadbirkorlarga zarur maslahat va tavsiyalar berildi.
Uçraşuv davomida fermerlarni qiynab kelayotgan muammolardan biri – fermer xöjaliklari va klaster korxonasi örtasida har yilgi hosil böyiça tuziladigan kontraktatsiya şartnomalarining ayrim bandlari böyiça tuşuntirişlar olib borildi.
Şuningdek, tadbirkorlik subʼektlariga taalluqli mulk daxlsizligini taʼminlaş, tadbirkor va işbilarmonlar uçun taqdim etilayotgan soliq imtiyozlari, iş beruvçi hamda işçi-xodimlar örtasidagi mehnat şartnomasining amal qiliş muddatlari va mehnat haqi tölaşning şakllari töğrisida mutaxassislar tomonidan huquqiy tuşunçalar va tavsiyalar berildi.
Bundan taşqari, fermerlar va tadbirkorlar tomonidan tuşgan savollar, ularning faoliyatida uçrayotgan muammoli masalalar hamda takliflar masʼullar tomonidan atrofliça örganilib, tadbirkorlar bilan birgalikda muhokama qilindi va bu böyiça tuşunmovçiliklar uçraşuv jarayonida bartaraf etildi.
Qizğin bahs-munozaralarga boy, huquqiy savol-javoblar tarzida ötgan uçraşuvda işbilarmon va tadbirkorlar özlarini qiynab kelayotgan muammoli masalalar böyiça huquqiy bilimlarini yanada oşiriş imkoniga ega böldilar.
Xulosa qilib aytganda, tumanimizda tadbirkorlik subʼektlariga qaritilayotgan bu kabi eʼtibor iqtisodiyotni yanada liberallaştiriş, tadbirkorlarning jamiyat taraqqiyotidagi örnini mustahkamlaş, işbilarmonlarning haq-huquqlari hamda samarali faoliyatini taʼminlaş orqali aholi farovonligini yanada oşiriş imkonini beradi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶