Amudaryo tumanida 9-may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan bayram tadbiri ötkazildi
Uruş — insoniyat öz qöli bilan, öziga qarşi öylab topgan eng qayğuli va dahşatli falokatlardan biridir. Ikkinçi Jahon uruşi tarixdagi ana şunday eng halokatli va maşʼum voqea bölib, 70 milliondan ortiq inson hayotiga zomin böldi. Uruş tufayli millatlar taqdiri özgardi, şaharlar yer bilan yakson etildi, millionlab insonlarning bolaligi, yoşligi va umri xazon böldi.
Bu kabi ulkan fojiadan xulosa çiqariş — har bir avlodning insoniy burçidir. Tinçlik — beqiyos neʼmat, uni asraş esa har birimizning muqaddas vazifamizdir. Xotira – abadiy, qadr esa muqaddas tuyğudir. Har yili 9-may sanasi munosabati bilan joylarda ötkaziladigan tadbirlarda ham şu ikki tuyğu uluğlanib, uruş qahramonlari eʼtirof etiladi, ötganlar xotirlanib, oramizdagi qahramonlar – front orti mehnat faxriylariga ehtirom körsatiladi.
8-may kuni Amudaryo tumanida ham Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan tantanali tadbir ötkazildi. Tadbirda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov, deputatlar, huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlari, jamoatçilik faollari, taʼlim muassasalari masʼullari va faxriylar qatnaşdilar. Iştirokçilarga Özbekiston bayroği tasviri tuşirilgan “Şaraf lentalari” tarqatildi.
Tadbir avvalida 9-may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan aholi salomatligini mustahkamlaş maqsadida taşkil qilingan yuguriş marafonining ğoliblari taqdirlandi.
Tantanali tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov va tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği, mayor Şuhrat Mamatovlar yiğilganlarni Ikkinçi jahon uruşida faşizm ustidan qozonilgan ğalabaning 80 yilligi bilan tabriklab, uşbu sananing mamlakatimiz böylab keng nişonlanişi yurtimiz ozodligi, tinçligi va ravnaqi yölida jon bergan, mehnat frontida fidokorona xizmat qilgan, uruş maydonlarida va front ortida maşaqqat çekkan insonlarga bölgan hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi ekanini taʼkidladilar.
Tadbirda Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan yurtdoşlarimiz xotirasi yodga olinib, Qurʼon tilovat qilindi. Söngra iştirokçilar tomonidan Motamsaro ona haykali yodgorligi poyiga gulçambarlar qöyildi.
Ikkinçi jahon uruşi millionlab insonlarning bevaqt halok bölişiga, şaharlar va qişloqlar vayronaga aylanişiga, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda oğir oqibatlarga olib keldi. Uruş nafaqat moddiy, balki maʼnaviy zarar ham yetkazdi — butun bir avlodning taqdiri vayron böldi, oilalar parokanda böldi. Nafaqat 5-yil davomida, balki uruş tugaganidan keyin ham uning ayançli oqibatlari tugamadi. Uruşdan keyingi qayta tiklaniş yillarida millionlab insonlar oğir mehnat va maşaqqat bilan iqtisodiyotni, infratuzilmani, ijtimoiy hayotni tiklaş işlarida fidoyilik körsatdilar. Oradan 80-yil ötsa ham öşa maşʼum kunlarning çiqarilgan saboq bugungi avlodlarni tinçlikning qadriga yetişga çorlab kelmoqda.
Xotira va qadrlaş kuni — bu faqat ötganlarni yod etiş kuni emas, balki bugungi tinç hayotimizni qadrlaş, xalqimiz körsatgan jasoratni uluğlaş, vatanga sadoqat ruhini avlodlar ongiga singdiriş vositasi hamdir. Bu kun orqali yoşlarimiz yaqin ötmişda ajdodlarimizning qanday oğir yöllardan ötib, tinçlikka qanday qiyinçilik bilan erişganlarini his qilişadi.
Tadbirda tuman Madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qöşiqlar ijro etildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶