21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:10
Fan va taʼlim 👁 257

Huquqiy mashgʻulotlar orqali yoshlar ongida qonunga hurmat ruhi shakllanmoqda

Huquqiy mashgʻulotlar orqali yoshlar ongida qonunga hurmat ruhi shakllanmoqda

Mamlakatimizda huquqiy davlat barpo etish, qonun ustuvorligini taʼminlash va jamiyat aʼzolari, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kungi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida ham yuridik taʼlimning uzluksizligini taʼminlash, voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish asosiy ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgust kungi tegishli Qarori bilan Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qonunga itoatkorlik va huquqbuzarlikka toqatsizlik ruhida tarbiyalash boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi. Mazkur dastur yoshlar oʻrtasida qonunga hurmat ruhini shakllantirish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Dastur doirasida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida qonunga itoatkor hamda huquqbuzarliklarga toqatsiz yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilangan. Xususan, amaliyotchi huquqshunoslar, profilaktika inspektorlari, sudyalar, prokurorlar, advokatlar va adliya xodimlari ishtirokida huquqiy mavzularda darsdan tashqari amaliy mashgʻulotlar tashkil etilmoqda.

Bu kabi mashgʻulotlar orqali oʻquvchilarga voyaga yetmaganlarning huquq va burchlari, huquqbuzarlik tushunchasi va uning oqibatlari, shaxsiy huquq va erkinliklar, inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi, davlat hokimiyati tizimi, sud hokimiyati va davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi haqida keng tushunchalar berilyapti.

Ana shunday dars mashgʻulotlaridan navbatdagisi Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tashabbusi bilan tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil etildi.

Mazkur dars mashgʻulotida Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov va mazkur sudning sudyasi Muhabbat Qaypovalar tomonidan turli mavzularda maʼruzalar qilindi. Unda maktab oʻqituvchilari va yuqori sinf oʻquvchilari faol ishtirok etdi.

Dars jarayonida sudyalar oʻquvchilarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, davlat hokimiyati tarmoqlarining shakllanishi va ularning vazifalari haqida hayotiy misollar orqali keng tushunchalar berdi. Jumladan, qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati tarmoqlari, ularning oʻzaro muvozanati hamda xalq manfaatlarini taʼminlashdagi oʻrniga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Ayniqsa, sud hokimiyatining adolatni taʼminlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi roli, sudyalar faoliyatida qonun ustuvorligi va xolislik printsiplarining ahamiyati haqidagi maʼlumotlar oʻquvchilar uchun juda qiziqarli va foydali boʻldi.

Ushbu amaliy dars orqali oʻquvchilar huquqiy mavzularda oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga javob oldilar. Dars yakunida amalga oshirilgan qiziqarli mashgʻulot uchun Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov va mazkur sud sudyasi Muhabbat Qaypovalarga maktab maʼmuriyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Mamlakatimizda yosh avlodni huquqiy jihatdan ongli va faol fuqarolar sifatida tarbiyalashga qaratilayotgan eʼtibor samarasi oʻlaroq, taʼlim muassasalarida oʻtkazilayotgan bunday dars mashgʻulotlari jamiyatda qonunga hurmat, huquqiy bilim va masʼuliyat tuygʻusini kuchaytirishda muhim oʻrin tutadi. Konstitutsiyada belgilab berilgan davlat hokimiyatining shakllanishi, uning faoliyat yoʻnalishlari va xalq manfaatlarini taʼminlashdagi vazifalari haqidagi bilimlar har bir yosh fuqaro uchun hayotiy ahamiyat kasb etadi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan tashkil etilayotgan bunday maʼnaviy-maʼrifiy oʻquv mashgʻulotlari yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, qonunga hurmat ruhida tarbiyalash va huquqbuzarliklarning oldini olishda samarali vosita boʻlib xizmat qilmoqda.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026