“Tinçlik – oliy neʼmat” mavzusida davra suhbati ötkazildi
Yurtimizda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning Vatan va xalq oldidagi burçini anglaşlarida ötkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Şu maqsadda yaqinda Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida “Tinçlik – oliy neʼmat” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.
Tadbirda Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari harbiy xizmatçisi Mirjahon Majidov, tumanda xizmat ötayotgan bir guruh muddatli harbiy xizmatçilar hamda maktabning yuqori sinf öquvçilari iştirok etdi.
Davra suhbati davomida sözga çiqqan Mirjahon Majidov tinçlik har bir millat uçun eng aziz va bebaho neʼmat ekani, uni asraş va muhofaza qiliş har bir fuqaroning, ayniqsa, harbiy xizmatçilarning muqaddas burçi ekanini alohida taʼkidladi. U şuningdek, çegaralarning daxlsizligini taʼminlaş, içki xavfsizlikni saqlaş borasida olib borilayotgan işlar, harbiy xizmatning mazmun-mohiyati haqida atrofliça maʼlumot berdi.
Tadbirda qatnaşgan harbiy xizmatçilar öz şaxsiy hayoti, harbiy qismdagi tartib-intizom, yurt himoyasidagi masʼuliyat va harbiy tayyorgarlik jarayonlari haqida yoşlarga samimiy mulohazalarini bayon etdilar. Bu muloqotlar orqali öquvçilar harbiylar hayoti va xizmatining real jihatlari bilan yaqindan tanişdilar.
Maktab öquvçilari tadbirda Vatan, tinçlik, jasorat va vatanparvarlik mavzularida şeʼrlar öqidilar. Ular harbiylarga samimiy minnatdorçilik izhor etib, tinç hayot uçun öz hurmat va ehtiromlarini bildirdi.
“Tinçlik – oliy neʼmat” mavzusidagi mazkur davra suhbati yoş avlodning maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini oşiriş, ularda Vatanga sadoqat, tinçlikning qadriga yetiş tuyğularini şakllantirişda muhim örin tutdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶