16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:03
Fan va taʼlim 👁 428

36-sonli umumtaʼlim maktabida amaliy fanlar haftaligi doirasida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi

36-sonli umumtaʼlim maktabida amaliy fanlar haftaligi doirasida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi

Bugungi kunda maktab taʼlimida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy koʻnikmalarga ham alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼlim tizimidagi muhim oʻzgarishlardan dalolat beradi. Zero, hayotga tayyor inson — nafaqat bilimli, balki amaliy koʻnikmaga ega shaxs hamdir.

Yaqinda Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida amaliy fanlar oʻqituvchilarining tashabbusi bilan oʻquvchilarning amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan maxsus mashgʻulotlar oʻtkazildi. Tadbir amaliy fanlar metod birlashmasi rahbari, texnologiya fani oʻqituvchisi Gulchehra Xoʻjamurodova rahbarligida tashkil etildi.

Ushbu haftalik oʻquv-tarbiya jarayonining sifati, oʻqituvchilarning mahorati va oʻquvchilarning qobiliyatini namoyon qilgan haqiqiy tadbirga aylandi. Tadbirni maktabning ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Sarvar Qutlimuratov ochib, bu kabi tashabbuslarning ahamiyati haqida toʻxtalib, amaliy mashgʻulotlar oʻquvchilarning salohiyatini yuzaga chiqarish, kelajak hayotiga mustahkam poydevor qoʻyishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.

Gulchehra Xoʻjamurodova 2003-yildan buyon ushbu maktabda texnologiya fanidan taʼlim berib kelmoqda. Uning rahbarligida amaliy fanlar boʻyicha bir qator yutuqlarga erishilgan. Jumladan, yuqori sinf oʻquvchilari mashgʻulotlarda faol ishtirok etib, chevarlikka oid bilimlarni oʻrganib kelishadi.

Maktabda texnologiya fani boʻyicha 7-"A" va 7-"B" sinf oʻquvchi qizlari ishtirokida "Mohir pazandalar" guruhi tashkil etilgan. Tadbir doirasida mazkur guruh qizlari oʻrtasida servis xizmati, salatlar va taomlar tayyorlash, estetik did hamda mehnat madaniyati boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi. Bu kabi mashgʻulotlarda qizlar orasta, chaqqon va epchil boʻlishlari, kelajakda oilada oʻz oʻrnini topishi uchun katta hayotga tayyorlanadi. Har ikkala sinf teng ishtirok etgani uchun ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Qizlar nafaqat pazandalikda, balki chiroyli gapirish, mehmonnavozlikda ham oʻz mahoratlarini namoyon qilishdi. Ushbu mashgʻulotlar ularning hayotga tayyorgarligida muhim omil boʻldi.

Gulchehra Xoʻjamurodova oʻz toʻgaragida oʻquvchilarga oʻyinchoqlar tayyorlash, tikish hamda pazandalik sirlarini oʻrgatishni davom ettirmoqda.

Yana bir texnologiya fani oʻqituvchisi Shuhrat Jabborov esa 1996-yildan buyon mazkur maktabda faoliyat yuritib, oʻquvchilarga ustachilikni oʻrgatib keladi. Uning toʻgaragida oʻquvchilar turli qoʻl mehnati buyumlarini yasash, stanoklar bilan ishlash, asbob-uskunalardan xavfsiz foydalanishni oʻrganmoqda. Bu esa nafaqat amaliy koʻnikmalarni, balki mehnatga munosabatni ham shakllantiradi.

Maktabning yana bir oʻqituvchisi Nurbek Kamalov 2013-yildan buyon musiqa madaniyati fanidan oʻquvchilarga rubob va doira chalish, jonli ijro va qoʻshiq kuylashni oʻrgatib kelmoqda.

Maktabning tasviriy sanʼat va chizmachilik fani oʻqituvchilari Dilnoza Koʻchqarova va Aziza Ismoilova rahbarligidagi toʻgaraklarda 5–6-sinf oʻquvchilari natyurmort chizish boʻyicha oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazishdi. Tadbir doirasida oʻtkazilgan tanlovda 5-“A” sinf oʻquvchisi Farangiz Shamuratova 1-oʻrinni, 6-“A” sinfdan Shohzoda Sabirboyeva esa 2-oʻrinni egallab, ragʻbatlantiruvchi sovgʻalar bilan taqdirlandi. Bu kabi faoliyatlar bolalarda sanʼatga muhabbat uygʻotadi, estetik didni rivojlantiradi.

Jismoniy tarbiya fani boʻyicha ham bir qator mashgʻulotlar tashkil etildi. 32 yillik tajribaga ega Hakim Rahimov har haftaning shanba kuni gandbol va qoʻl toʻpi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazadi. Uning saboqlari oʻquvchilarda jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik va jamoaviylikni rivojlantiradi.

Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Muhayyo Umarova gimnastika toʻgaragida mashgʻulotlar olib borib, oʻquvchilarni ragʻbatlantirdi. Shuningdek, Mahmud Qurbonboyev esa 6-yildan buyon stol tennisi toʻgaragini yoʻlga qoʻygan. Mahmud Qurbonboyev va Ixlos Najimov sportning shaxmat-shashka turi boʻyicha maktab kubogi uchun musobaqalar oʻtkazdi.

Jismoniy tarbiya fanining yana bir faol ustozi — oliy toifali oʻqituvchi Omonboy Qurbonboyev har haftaning shanba kuni maktabning futbol jamoasi ishtirokida mashgʻulotlar oʻtkazadi. Shu kuni sportning futbol turi boʻyicha yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida “Maktab ligasi” tashkil etildi. Shuningdek, 2023-yilda “Umid nihollari” sport musobaqasida Nukus shahrida oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston chempionatida stol tennisi boʻyicha oʻquvchilari — Sarvar Raimov va Zafarbek Yunusovlar 1-oʻrinni qoʻlga kiritgani uning mashgʻulotlari samarasini koʻrsatadi.

Bir soʻz bilan aytganda, 36-sonli umumtaʼlim maktabida amaliy fanlar haftaligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlar oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini boyitish, ularni hayotga tayyorlashda muhim omil boʻldi. Ushbu faoliyatlar orqali nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham oʻquvchilarda yetarli tajriba va mahorat shakllanmoqda.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026